QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Saba surasi · Oyatсураси · Оят52

وَقَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِهِۦ وَأَنَّىٰ لَهُمُ ٱلتَّنَاوُشُ مِن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Unga iymon keltirdik», derlar. Endi, uzoq bir makondan qo`llari qandoq yetsin?!Улар: «Унга иймон келтирдик», дерлар. Энди, узоқ бир макондан қўллари қандоқ етсин?!Alauddin Mansour: (Oʻsha kunda) ular: «(Muhammadga) iymon keltirdik», dedilar. (Ular agar hayoti dunyoda iymon keltirganlarida qabul qilingan boʻlur edi, ammo endi) yiroq bir makondan (Oxirat diyoridan turib iymon va tavba-tazarruʼga) qoʻllari qandoq yetsin?!(Ўша кунда) улар: «(Муҳаммадга) иймон келтирдик», дедилар. (Улар агар ҳаёти дунёда иймон келтирганларида қабул қилинган бўлур эди, аммо энди) йироқ бир макондан (Охират диёридан туриб иймон ва тавба-тазарруъга) қўллари қандоқ етсин?!

434-sahifa · 22-juz · 44-hizb434-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوٓا۟va derlarва дерларءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикبِهِۦungaунгаوَأَنَّىٰendi qandoqэнди қандоқلَهُمُularning qoʻllariуларнинг қўллариٱلتَّنَاوُشُyetsin (olish)етсин (олиш)مِن-dan-данمَّكَانٍۭmakonмаконبَعِيدٍۢuzoqузоқ
TafsirТафсир

Kofir va mushriklar doʻzaxga yaqin joydan tutilib, unga tashlash uchun olib ketilayotgan bir paytlarida:

«Unga iymon keltirdik», derlar».

Allohga iymon keltirdik. Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirdik! Qurʼonga iymon keltirdik, deydilar. Lekin bu iymonlari foyda beradimi? Iymonga osonlik bilan erishiladigan bu dunyoda iymon keltirmadilar. Endi esa, unga oxiratdan turib qoʻl uzatmoqdalar. Ammo unga erisha olmaydilar.

«Endi, uzoq bir makondan qoʻllari qandoq yetsin?!»