QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят18

وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ وَإِن تَدْعُ مُثْقَلَةٌ إِلَىٰ حِمْلِهَا لَا يُحْمَلْ مِنْهُ شَىْءٌ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰٓ ۗ إِنَّمَا تُنذِرُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَمَن تَزَكَّىٰ فَإِنَّمَا يَتَزَكَّىٰ لِنَفْسِهِۦ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zi yukli jon o`zga jonning yukini ko`tara olmas. Yuki og`ir jon o`z yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa ko`tarilmas. Garchi qarindosh bo`lsa ham. Sen faqat g`aybdagi Robbilaridan qo`rqadigan va namozni to`kis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, o`zi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir.Ўзи юкли жон ўзга жоннинг юкини кўтара олмас. Юки оғир жон ўз юкига (бошқани) чақирса-да, ундан ҳеч бир нарса кўтарилмас. Гарчи қариндош бўлса ҳам. Сен фақат ғайбдаги Роббиларидан қўрқадиган ва намозни тўкис адо этганларни огоҳлантирурсан. Ким покланса, ўзи учун покланур. Қайтиш Аллоҳгадир.Alauddin Mansour: (Qiyomat Kunida) hech bir koʻtarguvchi (yaʼni, gunohkor jon) oʻzga jonning yukini (yaʼni, gunohini) koʻtarmas. Agar ogʻir gunoh egasi boʻlgan jon (birovni) oʻz yuki-gunohiga (yaʼni, gunohining bir qismini koʻtarishga) chorlasa, (garchi chorlanguvchi) yaqin qarindoshi boʻlsa-da, u (gunohdan) biron narsa koʻtarilmas (yaʼni, u kunda har kim oʻz amali bilan mashgʻul boʻlib, ota bolaga, aka ukaga qarashga imkon topmas). (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz faqat gʻaybdagi (yaʼni, koʻzlariga koʻrinmaydigan) Parvardigordan qoʻrqadigan va namozni toʻkis ado etgan zotlarnigina ogohlantira olursiz. Kim pokdoman boʻlsa, u faqat oʻz (foydasi) uchun pokdoman boʻlur. Yolgʻiz Allohgagina qaytilur.(Қиёмат Кунида) ҳеч бир кўтаргувчи (яъни, гуноҳкор жон) ўзга жоннинг юкини (яъни, гуноҳини) кўтармас. Агар оғир гуноҳ эгаси бўлган жон (бировни) ўз юки-гуноҳига (яъни, гуноҳининг бир қисмини кўтаришга) чорласа, (гарчи чорлангувчи) яқин қариндоши бўлса-да, у (гуноҳдан) бирон нарса кўтарилмас (яъни, у кунда ҳар ким ўз амали билан машғул бўлиб, ота болага, ака укага қарашга имкон топмас). (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз фақат ғайбдаги (яъни, кўзларига кўринмайдиган) Парвардигордан қўрқадиган ва намозни тўкис адо этган зотларнигина огоҳлантира олурсиз. Ким покдоман бўлса, у фақат ўз (фойдаси) учун покдоман бўлур. Ёлғиз Аллоҳгагина қайтилур.

436-sahifa · 22-juz · 44-hizb436-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَزِرُkoʻtararкўтарарوَازِرَةٌۭyukli jonюкли жонوِزْرَyukiniюкиниأُخْرَىٰ ۚoʻzga jonningўзга жоннингوَإِنva agarва агарتَدْعُchaqirsaчақирсаمُثْقَلَةٌyuki ogʻir jonюки оғир жонإِلَىٰ-ga-гаحِمْلِهَاoʻz yukiўз юкиلَاemasэмасيُحْمَلْkoʻtarilarкўтариларمِنْهُundanунданشَىْءٌۭhech bir narsaҳеч бир нарсаوَلَوْgarchiгарчиكَانَboʻlsa hamбўлса ҳамذَاegasiэгасиقُرْبَىٰٓ ۗqarindoshlik (yaqin qarindosh)қариндошлик (яқин қариндош)إِنَّمَاfaqatфақатتُنذِرُogohlantirursanогоҳлантирурсанٱلَّذِينَkimsalarniкимсаларниيَخْشَوْنَqoʻrqadiganқўрқадиганرَبَّهُمRobbilaridanРоббилариданبِٱلْغَيْبِgʻaybdagiғайбдагиوَأَقَامُوا۟va toʻkis ado etganlarniва тўкис адо этганларниٱلصَّلَوٰةَ ۚnamozniнамозниوَمَنva kimва кимتَزَكَّىٰpoklansaпоклансаفَإِنَّمَاbas, faqatбас, фақатيَتَزَكَّىٰpoklanurпокланурلِنَفْسِهِۦ ۚoʻzi uchunўзи учунوَإِلَىva -gaва -гаٱللَّهِAllohАллоҳٱلْمَصِيرُqaytishқайтиш
TafsirТафсир

Har kim oʻzi uchun javob beradi. Har jon oʻz qilmishiga yarasha mukofot yoki jazo oladi. Birov uchun birov javob bermaydi. Birovning gunohi birovga yuklatilmaydi.

«Oʻzi yukli jon oʻzga jonning yukini koʻtara olmas.»

Har kimning yuki oʻziga yetadi. Oʻziniki turib birovning yukini koʻtarishga yoʻl boʻlsin.

«Yuki ogʻir jon oʻz yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa koʻtarilmas. Garchi qarindosh boʻlsa ham.»

Qiyomat kunida gunohi koʻp jon uni yengillatish maqsadida eng yaqin qarindoshini yordamga chaqirsa ham, uning gunohidan biror narsa koʻtarilmaydi. Chunki, yaqin qarindoshning oʻzi yukini koʻtara olmay xunob boʻlayotgan boʻladi.

Ey Paygʻambar, modomiki ish shunday ekan, kofirlarning qilmishlaridan kuyunib yurma. Ular qilmishlariga yarasha jazo oladilar.

«Sen faqat gʻaybdagi Robbilaridan qoʻrqadigan va namozni toʻkis ado etganlarni ogohlantirursan.»

Ha, sen Alloh taoloni koʻrmasdan, Unga gʻoyibona iymon keltirib, Undan qoʻrqib, namozini toʻkis oʻqib yurgan moʻmin-musulmon kishilarni ogohlantirasan, xolos.

Benamozlarning qulogʻiga vaʼz-nasihat kirmasligini shundan bilib olsa boʻladi.

Ha, ey Paygʻambar, kofirlarning qilmishidan xafa boʻlaverma.

«Kim poklansa, oʻzi uchun poklanur.»

Sen uchun ham emas, Alloh uchun ham emas yoki boshqa birov uchun ham emas, har kim oʻzi uchun poklanadi.

«Qaytish Allohgadir.»

Kofir ham, moʻmin ham faqat Allohga qaytadi. Boshqaga emas. Ana oʻshanda Alloh taolo Oʻzi bilib hisob-kitob qiladi. Kofir va osiy jazosini, moʻmin-musulmon mukofotini oladi.