وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ko`r bilan ko`zi ochiq teng bo`lmas.Кўр билан кўзи очиқ тенг бўлмас.Alauddin Mansour: Koʻr kimsa (kofir) bilan koʻrguvchi zot (moʻmin) barobar emasdir;Кўр кимса (кофир) билан кўргувчи зот (мўмин) баробар эмасдир;
Koʻr bilan koʻzi ochiq teng boʻlmaganidek, kofir bilan moʻmin ham teng boʻlmaydi. Hissiy koʻrish maʼnosida koʻr bilan koʻzi ochiq barobar deyilsa, bu gapga zarracha aqli bor odam mutlaqo ishonmaydi. Chunki, maʼlum va mashhurki, koʻr odam yoʻlini topib yura olmaydi, biror narsani koʻra olmaydi. Ammo, koʻzi ochiq, yaxshi koʻradigan odam hamma narsani koʻradi, yoʻlini topib yuradi va ishlarini bilib qiladi. Xuddi shu narsa maʼnaviyatga taqqoslanadigan boʻlsa, kofir koʻr, moʻmin koʻzi ochiq boʻladi. Kofir ikki dunyolik ishlarini qilishda hech qanday maʼnaviy koʻrish quroliga ega emas. U bu maʼnoda toʻliq koʻr. Moʻmin esa, Alloh taolo tomonidan berilgan iymon, din, ilohiy kitob, Paygʻambar koʻrsatmalari va boshqa koʻrish qurollariga ega. Moʻmin ikki dunyoga kerakli har bir narsaning eng toʻgʻri va eng oson hamda eng ishonchli koʻrsatmasiga ega. Albatta, ikkovlari teng boʻlmaydilar.
Shuningdek,