وَمِنَ ٱلنَّاسِ وَٱلدَّوَآبِّ وَٱلْأَنْعَـٰمِ مُخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهُۥ كَذَٰلِكَ ۗ إِنَّمَا يَخْشَى ٱللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ ٱلْعُلَمَـٰٓؤُا۟ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo`rqarlar. Albatta, Alloh aziyz va o`ta mag`firatli Zotdir.Шунингдек, одамлардан, ҳайвонлардан ва чорвалардан ҳам турли ранглардагиларини чиқардик. Аллоҳдан бандалари ичидан фақат олимларигина қўрқарлар. Албатта, Аллоҳ азийз ва ўта мағфиратли Зотдир.Alauddin Mansour: Shuningdek odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari orasida ham rang-baranglari bordir. Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qoʻrqur. Shak-shubhasiz, Alloh qudratli, magʻfiratlidir.Шунингдек одамлар, жониворлар ва чорва ҳайвонлари орасида ҳам ранг-баранглари бордир. Аллоҳдан бандалари орасидаги олим-билимдонларгина қўрқур. Шак-шубҳасиз, Аллоҳ қудратли, мағфиратлидир.
Jamodot va nabotot olamidan jonzotlarning ranglariga oʻtiladi.
Odamlarning ranglari turli-tuman. Hammasi ham yer yuzida yashaydilar. Hammasining ham jismi, yaʼni qomatlari, ikki qoʻli, ikki oyogʻi, boshi va boshqa aʼzolari bir xil. Hammasi ham suv ichib, taom yeydi. Bir havodan nafas oladi. Ammo ranglari turli- tuman. Mana shuning oʻziyoq Alloh taoloning biru borligiga va cheksiz qudrat sohibi ekanligiga yorqin dalildir.
Xuddi shuningdek, turli hayvonlar va chorva hayvonlarining ranglari ham insonni hayratga soladigan darajada xilma-xildir. Bularning hammasining yaratilishi ustida emas, balki faqat ranglari, qay hikmat ila hozirgi holatga kelib qolgani haqida fikr yuritib, insof bilan oʻylab koʻrgan odam moʻmin-musulmon boʻlishi kerak. Shulardan ibrat olib, Allohni eslaganlargina eslixushli, bilimli inson hisoblanishi mumkin. Chunki:
«Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qoʻrqarlar».
Alloh taoloning qudratini his etib, yaratilgan narsalardan ibrat olib, ularning yaratuvchisi borligini anglab yetib, aqli bilan Allohni topgan va undan qoʻrqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzilishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli maʼlumotlarini toʻliq oʻrganib, ularni yaratgan Allohni tanimagan va undan qoʻrqmagan odam oʻta johil hisoblanadi.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Ilm gapning koʻpligida emas. Ilm qoʻrqishning koʻpligidir», degan ekanlar.
Imom Hasan al-Basriy: «Olim–Allohdan gʻoyibona qoʻrqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon koʻrgan narsadan qochgan odamdir», deya turib: «Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qoʻrqarlar» oyatini tilovat qilar ekanlar.
«Albatta, Alloh aziyz va oʻta magʻfiratli zotdir.»
Alloh har narsadan gʻolibdir. Nimani xohlasa, qila olur. U oʻta magʻfiratli zotdir. Vaqtida ibrat olib, oʻzini taniganlarni magʻfirat etadi.
Borliqdagi narsalardan ibrat olish haqidagi bu gaplardan soʻng, Alloh yuborgan vahiydan ibrat olish, unga ergashish va amal qilish haqida soʻz ketadi.