QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят27

أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ ثَمَرَٰتٍ مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهَا ۚ وَمِنَ ٱلْجِبَالِ جُدَدٌۢ بِيضٌ وَحُمْرٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning osmondan suv tushirganini ko`rmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va tog`lardan ham yo`l-yo`l, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.Аллоҳнинг осмондан сув туширганини кўрмадингми? Бас, у ила турли ранглардаги меваларни ва тоғлардан ҳам йўл-йўл, оқ ҳамда қизилнинг турли рангларини ва қоп-қораларини чиқардик.Alauddin Mansour: Alloh osmondan suv (yomgʻir-qor) yogʻdirib, uning yordamida rangu roʻylari turli-tuman boʻlgan mevalarni chiqarganimizni koʻrmadingizmi?! Yana togʻlardan ham oq, qizil — rango-rang yoʻl(li togʻlar) ham, tim qora (togʻlar) ham bordir.Аллоҳ осмондан сув (ёмғир-қор) ёғдириб, унинг ёрдамида рангу рўйлари турли-туман бўлган меваларни чиқарганимизни кўрмадингизми?! Яна тоғлардан ҳам оқ, қизил — ранго-ранг йўл(ли тоғлар) ҳам, тим қора (тоғлар) ҳам бордир.

437-sahifa · 22-juz · 44-hizb437-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиتَرَkoʻrdingкўрдингأَنَّaniqkiаниқкиٱللَّهَAllohАллоҳأَنزَلَtushirdiтуширдиمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонمَآءًۭsuvсувفَأَخْرَجْنَاbas, chiqardikбас, чиқардикبِهِۦu ilaу илаثَمَرَٰتٍۢmevalarniмеваларниمُّخْتَلِفًاturliтурлиأَلْوَٰنُهَا ۚranglardagiранглардагиوَمِنَva -danва -данٱلْجِبَالِtogʻlarтоғларجُدَدٌۢyoʻl-yoʻllarйўл-йўлларبِيضٌۭoqоқوَحُمْرٌۭva qizilва қизилمُّخْتَلِفٌturliтурлиأَلْوَٰنُهَاranglariранглариوَغَرَابِيبُva qop-qoraва қоп-қораسُودٌۭqoralarқоралар
TafsirТафсир

Bu oyatda Alloh taolo Oʻzi yaratgan tabiatdagi ajoyibotlariga eʼtiborni tortmoqda. U zot har bir aqlli bandasiga xitoban, oʻzining ajoyibotlariga eʼtibor berishni taklif etmoqda.

«Allohning osmondan suv tushirganini koʻrmadingmi?»

Osmondan suv tushishining oʻzi Allohning cheksiz qudratiga yorqin dalil boʻladi. Hamma suvlarni Alloh taolo osmondan tushirgandir. Baʼzan bevosita yomgʻir yoki qor koʻrinishida, baʼzan esa, muz shaklida yogʻdiradi. Ana undan buloqlar, quduqlar, koʻllar, anhor va daryolar oʻz suvini oladi. Bu suvdan hamma foyda oladi. Jumladan, oʻsimliklar ham.

«Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni...» chiqaradi.

Yer ham, suv ham bitta, ammo ularning hosili boʻlmish mevalar turli rangda, turli shakl va turli taʼmga ega boʻladi. Shuning oʻzi Alloh taoloning cheksiz qudratining dalili emasmi? Ammo odam bolasi bu ulkan moʻʼjizaga eʼtibor bermaydi. Unga ibrat koʻzi bilan qaramaydi. Alloh yaratgan turli rangdagi oʻsha oʻsimlik va mevalar rasmini Alloh bergan aql, isteʼdod va qoʻl bilan Alloh bergan ranglarda chizgan rassomga tasannolar oʻqiydi. Uning rasmlari uchun koʻrgazmalar oʻtkazadi. Odamlar eʼtiborini tortishga harakat qiladi. Rassom mahoratini koʻklarga koʻtarib maqtaydi. Unga mukofotlar beradi. Ammo bularni yoʻqdan bor qilgan Zotni inkor etadi. Unga kufr keltiradi. Holbuki, rang-barang mevalarning oʻzigina kishilarning iymonga kelishlari uchun yetarli dalil-hujjatdir.

«...va togʻlardan ham yoʻl-yoʻl, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.»

Turli-tuman rang faqat mevalarda emas, balki ulkan va salobatli togʻlarda ham boʻladi.

Ulardan turli rangdagi yoʻl-yoʻllari, oʻzaro farqlanuvchi oq va qizil ranglilari bor. Shuningdek, togʻlarning ichida qop-qoralari ham bor. Bularning hammasi Alloh taoloning biru borligi va cheksiz qudrat sohibi ekanligiga dalildir.

Turli nabototlar va togʻlarning yaratilishi emas, hozircha faqat ularning ranglari haqida gapiraylik. Alloh taolo ularni ranglantirmasa kim ranglantiradi? Bunchalik turli-tuman ranglar qayoqdan keladi? Shuncha narsani boʻyab chiqishga kimning qudrati yetadi?