ثُمَّ أَخَذْتُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, kufr keltirganlarni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?!Сўнгра, куфр келтирганларни тутдим. Бас, Менинг инкорим қандоқ бўлди?!Alauddin Mansour: Soʻngra kofir boʻlgan kimsalarni (kufrlari sababli) ushladim — jazoladim. Bas, Mening inkorim — azobim qandoq boʻldi?!Сўнгра кофир бўлган кимсаларни (куфрлари сабабли) ушладим — жазоладим. Бас, Менинг инкорим — азобим қандоқ бўлди?!
Oʻtgan barcha ummatlarning kofirlarini oxir-oqibatda Alloh taolo azobi ila tutgan. Bu ham umumiy qoida. Shuning uchun, Muhammad alayhisalomga kufr keltirganlarni ham Alloh Oʻz azobi ila tutishi turgan gap.
Oyatning oxirida Alloh taolo qoʻrqitish uchun savol berib:
«Bas, Mening inkorim qandoq boʻldi?!» deydi.
Albatta, Alloh taoloning kofirlar qilmishiga qarshi inkori–azobi oʻta shiddatli va qattiq boʻldi. Bu narsa hammaga maʼlum. Shuning uchun, keyingi ummatlar ulardan ibrat olib, Allohning inkoriga uchraganlarning qilmishini takrorlamasliklari kerak.
Endigi keladigan oyatlarda eʼtiborni Alloh taoloning qudratiga dalolat qiluvchi borliqdagi baʼzi narsalarga tortiladi: