QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят25

وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ وَبِٱلزُّبُرِ وَبِٱلْكِتَـٰبِ ٱلْمُنِيرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar seni yolg`onchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin o`tganlar ham yolg`onchi qilganlar. Holbuki, Payg`ambarlari ularga ravshan mo`'jizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.Агар сени ёлғончи қилсалар, бас, батаҳқиқ, улардан олдин ўтганлар ҳам ёлғончи қилганлар. Ҳолбуки, Пайғамбарлари уларга равшан мўъжизалар, саҳифалар ва нурли китоб келтирган эдилар.Alauddin Mansour: Agar (mushriklar) sizni yolgʻonchi qilsalar, bas, (bilingki), ulardan avvalgi kimsalar ham (oʻzlariga kelgan paygʻambarlarni) yolgʻonchi qilgandilar. Holbuki, paygʻambarlari ularga aniq-ravshan moʻʼjizalar, (ilohiy) sahifalar va (Tavrot, Injil kabi) nurli Kitob keltirgan edilar.Агар (мушриклар) сизни ёлғончи қилсалар, бас, (билингки), улардан аввалги кимсалар ҳам (ўзларига келган пайғамбарларни) ёлғончи қилгандилар. Ҳолбуки, пайғамбарлари уларга аниқ-равшан мўъжизалар, (илоҳий) саҳифалар ва (Таврот, Инжил каби) нурли Китоб келтирган эдилар.

437-sahifa · 22-juz · 44-hizb437-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарيُكَذِّبُوكَseni yolgʻonchi qilsalarсени ёлғончи қилсаларفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқكَذَّبَyolgʻonchi qilganlarёлғончи қилганларٱلَّذِينَkimsalarкимсаларمِن-dan-данقَبْلِهِمْulardan oldinулардан олдинجَآءَتْهُمْularga kelgan ediуларга келган эдиرُسُلُهُمPaygʻambarlariПайғамбарлариبِٱلْبَيِّنَـٰتِravshan moʻʼjizalar ilaравшан мўъжизалар илаوَبِٱلزُّبُرِva sahifalar ilaва саҳифалар илаوَبِٱلْكِتَـٰبِva kitob ilaва китоб илаٱلْمُنِيرِnurliнурли
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, ey Muhammad, agar kofirlar seni yolgʻonchi qilsalar, xafa boʻlma, qadimdan ularning odatlari shunaqa. Oldingi kofirlar ham oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarni yolgʻonchi qilganlar.

«Holbuki, Paygʻambarlari ularga ravshan moʻʼjizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.»

Seni ham, oʻtgan Paygʻambarlarni ham inkor etishga kofirlarning haqlari yoʻq edi. Oʻsha Paygʻambarlar oʻzlarining haq Paygʻambar ekanliklari tasdigʻi sifatida Alloh tomonidan ravshan, ochiq-oydin moʻʼjizalar koʻrsatgan edilar. Baʼzilari ilohiy kitob darajasiga yetmagan sahifalar, baʼzilari nurli kitob keltirgan edi.

Zabur, Tavrot va Injil oʻsha kitoblardir. Shunga qaramay, kofirlar ularni yolgʻonchi qildilar.