QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят24

إِنَّآ أَرْسَلْنَـٰكَ بِٱلْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ۚ وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki bo`lsa, unda ogohlantirguvchi bo`lgan.Албатта, Биз сени ҳақ ила хушхабарчи ва огоҳлантиргувчи этиб юбордик. Қайси бир умматки бўлса, унда огоҳлантиргувчи бўлган.Alauddin Mansour: Albatta Biz sizni Haq (din) bilan, xushxabar eltguvchi va ogohlantirguvchi qilib yubordik. (Sizning ummatingizdan avvalgi) har bir ummat ichida ham albatta bir ogohlantirguvchi — paygʻambar oʻtgandir.Албатта Биз сизни Ҳақ (дин) билан, хушхабар элтгувчи ва огоҳлантиргувчи қилиб юбордик. (Сизнинг умматингиздан аввалги) ҳар бир уммат ичида ҳам албатта бир огоҳлантиргувчи — пайғамбар ўтгандир.

437-sahifa · 22-juz · 44-hizb437-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّآalbatta, Bizалбатта, Бизأَرْسَلْنَـٰكَseni yubordikсени юбордикبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаبَشِيرًۭاxushxabarchi etibхушхабарчи этибوَنَذِيرًۭا ۚva ogohlantirguvchi etibва огоҳлантиргувчи этибوَإِنva yoʻqва йўқمِّنْbirorбирорأُمَّةٍummatумматإِلَّاmagarмагарخَلَاoʻtganўтганفِيهَاundaундаنَذِيرٌۭogohlantirguvchiогоҳлантиргувчи
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, albatta, Biz seni haq din va haq kitob ila moʻminlarga xushxabarchi, kofirlarga ogohlantiruvchi–qoʻrqituvchi qilib yubordik. Sening Paygʻambar boʻlishing ajablanarli ish emas, yangilik ham emas.

Insoniyat tarixida:

«Qaysi bir ummatki boʻlsa, unda ogohlantirguvchi boʻlgan».

Har bir qavmga, har bir ummatga senga oʻxshash ogohlantiruvchi Paygʻambar kelgan. Oʻsha oʻtgan ummatlar bilan ularga kelgan Paygʻambarlar oʻrtasida turli mojarolar boʻlib oʻtgan.