QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят34

وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِىٓ أَذْهَبَ عَنَّا ٱلْحَزَنَ ۖ إِنَّ رَبَّنَا لَغَفُورٌ شَكُورٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bizdan g`am-qayg`uni ketkazgan Allohga hamdu sano bo`lsin. Albatta, Robbimiz o`ta mag`firatli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir», – derlar.Улар: «Биздан ғам-қайғуни кетказган Аллоҳга ҳамду сано бўлсин. Албатта, Роббимиз ўта мағфиратли ва Шакур(оз амал учун кўп савоб берувчи)дир», – дерлар.Alauddin Mansour: Va ular (jannatga kirgan chogʻlarida) dedilar: «Bizlardan gʻam-qaygʻuni ketkazgan Zot — Allohga hamdu-sano boʻlsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz magʻfiratli va oʻta shukr qilguvchidir.Ва улар (жаннатга кирган чоғларида) дедилар: «Бизлардан ғам-қайғуни кетказган Зот — Аллоҳга ҳамду-сано бўлсин. Дарҳақиқат, Парвардигоримиз мағфиратли ва ўта шукр қилгувчидир.

438-sahifa · 22-juz · 44-hizb438-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va ular derlarва улар дерларٱلْحَمْدُhamdu sanoҳамду саноلِلَّهِAllohgaАллоҳгаٱلَّذِىٓoʻsha zotkiўша зоткиأَذْهَبَketkazdiкетказдиعَنَّاbizdanбизданٱلْحَزَنَ ۖgʻam-qaygʻuniғам-қайғуниإِنَّalbattaалбаттаرَبَّنَاRobbimizРоббимизلَغَفُورٌۭalbatta oʻta magʻfiratliалбатта ўта мағфиратлиشَكُورٌoʻta shukr qilguvchiўта шукр қилгувчи
TafsirТафсир

Ular mahsharda qiyomat dahshatlaridan qoʻrqib turgan edilar. Jannatga kirishlariga hukm boʻlganidan keyin, unga kirayotib:

«Ular: «Bizdan gʻam-qaygʻuni ketkazgan Allohga hamdu sano boʻlsin», deydilar.

Qiyomat dahshatlarini koʻrgach, bizni gʻam-qaygʻu bosib turgan edi. Alloh bizning jannatga kirishimiz haqida hukm qilib, bu gʻam-qaygʻuni ketkazadi. Shuning uchun U zotga hadsiz hamdu sanolar boʻlsin, deydilar.

«Albatta, Robbimiz oʻta magʻfiratli va Shakur(oz amal uchun koʻp savob beruvchi)dir», – derlar.»

Alloh Oʻzining bu sifatlari bilan bizni Oʻz jannatiga kiritgani uchun U zotga hamdu sanolar boʻlsin.

Soʻng ular oʻz soʻzlarini davom ettirib: