جَنَّـٰتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular adn jannatlariga kirurlar. Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar. Unda liboslari ipakdir.Улар адн жаннатларига кирурлар. Унда тилло билакузуклар ва инжулар ила безатилурлар. Унда либослари ипакдир.Alauddin Mansour: Ular oltindan boʻlgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezangan hollarida mangu (turadigan) jannatlarga kirurlar. U joyda ularning liboslari harir-ipak boʻlur.Улар олтиндан бўлган билакузуклар ва марварид-маржонлар билан безанган ҳолларида мангу (турадиган) жаннатларга кирурлар. У жойда уларнинг либослари ҳарир-ипак бўлур.
«Adn» jannatning nomlaridan biri boʻlib, «neʼmatga boy turish joyi» maʼnosini bildiradi. Demak, oxiratda Allohning haq kitobi–Qurʼoni Karimga munosib merosxoʻr zotlar yuksak mukofotlarga sazovor boʻladilar.
«Ular adn jannatlariga kirurlar.»
Ular neʼmatga boy turar joy boʻlmish jannatlardan joy oladilar. Shuning oʻzi eng ulkan mukofot. Qancha-qancha odamlar unga yaqinlasha bilmay xoru-zor yuradi. Ammo mazkur baxtiyor zotlarni taqdirlash bu bilan tamom boʻlmaydi. Faqat jannatga kiribgina qolmaydilar. Balki,
«Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar».
Ikromning ustiga ikrom boʻladi. Nozu neʼmatga toʻla adn jannatlarida rohatlanib yurganlari ustiga tillo bilakuzuklar bilan bezatiladilar. Injular bilan bezatiladilar.
«Unda liboslari ipakdir.»
Yaʼni, adn jannatida kiyimlari ipakdan boʻladi.