QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят32

ثُمَّ أَوْرَثْنَا ٱلْكِتَـٰبَ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَيْنَا مِنْ عِبَادِنَا ۖ فَمِنْهُمْ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ وَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌ وَمِنْهُمْ سَابِقٌۢ بِٱلْخَيْرَٰتِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra bu kitobni O`z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o`ziga o`zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o`rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o`zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug` fazldir.Сўнгра бу китобни Ўз бандаларимиздан танлаб олганларимизга мерос қилдик. Бас, улардан ўзига ўзи зулм қилувчилари бор, улардан ўртачалари бор ва улардан Аллоҳнинг изни ила яхшиликларга ўзувчилар ҳам бор. Ана шу айни улуғ фазлдир.Alauddin Mansour: Soʻngra Biz bu Kitobga bandalarimizdan Oʻzimiz tanlagan zotlarni (yaʼni, sizning ummatingizni) voris qildik. Bas, ularning orasida (Qurʼonni oʻqisa-da, unga amal qilmaydigan) oʻz joniga jabr qilguvchi ham bor, ularning orasida oʻrtacha amal qilguvchi ham bor va ularning orasida Allohning iznu irodasi bilan mudom yaxshiliklarga shoshilguvchi ham bordir. Ana oʻsha (yaʼni, Qurʼonga voris boʻlish Allohning) katta marhamatidir.Сўнгра Биз бу Китобга бандаларимиздан Ўзимиз танлаган зотларни (яъни, сизнинг умматингизни) ворис қилдик. Бас, уларнинг орасида (Қуръонни ўқиса-да, унга амал қилмайдиган) ўз жонига жабр қилгувчи ҳам бор, уларнинг орасида ўртача амал қилгувчи ҳам бор ва уларнинг орасида Аллоҳнинг изну иродаси билан мудом яхшиликларга шошилгувчи ҳам бордир. Ана ўша (яъни, Қуръонга ворис бўлиш Аллоҳнинг) катта марҳаматидир.

438-sahifa · 22-juz · 44-hizb438-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграأَوْرَثْنَاmeros qildikмерос қилдикٱلْكِتَـٰبَbu kitobniбу китобниٱلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаٱصْطَفَيْنَاBiz tanlab olganБиз танлаб олганمِنْ-dan-данعِبَادِنَا ۖbandalarimizбандаларимизفَمِنْهُمْbas, ulardanбас, уларданظَالِمٌۭzulm qiluvchiзулм қилувчиلِّنَفْسِهِۦoʻziga oʻziўзига ўзиوَمِنْهُمva ulardanва уларданمُّقْتَصِدٌۭoʻrtachasiўртачасиوَمِنْهُمْva ulardanва уларданسَابِقٌۢoʻzuvchiўзувчиبِٱلْخَيْرَٰتِyaxshiliklargaяхшиликларгаبِإِذْنِizni ilaизни илаٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингذَٰلِكَana shuана шуهُوَayniайниٱلْفَضْلُfazldirфазлдирٱلْكَبِيرُulugʻулуғ
TafsirТафсир

Bu oyat musulmon ummatining maqomi naqadar ulugʻ ekanligini yaqqol koʻrsatmoqda. Alloh taolo Oʻzining haq kitobiga merosxoʻr qilib barcha ummatlar ichidan aynan musulmon ummatini tanlab olganini aytmoqda.

«Soʻngra bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik.»

Alloh taolo Oʻzining boqiy moʻʼjizasi boʻlmish haq kitobi– Qurʼoni Karimni Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatiga meros qilib berdi. Bu inoyatda shon-sharaf ham, juda ulkan masʼuliyat ham bor.

Ana shunday shon-sharaf va katta masʼuliyat yuklatilgan ummat ichida turli kishilar mavjud.

«Bas, ulardan oʻziga oʻzi zulm qiluvchilari bor...»

Ular oʻsha shon-sharafga nomunosib va zimmasidagi masʼuliyatni anglab yetmagan osiylardir. Bu toifadagi odamlarning yomonliklari yaxshiliklaridan koʻp boʻlgan Ular oʻzlariga ishonib topshirilgan haq kitobga munosib boʻla olmay oʻzlariga oʻzlari zulm qilganlardir.

«...ulardan oʻrtachalari bor...»

Ulamolarimiz «oʻrtachalar»–farz va vojib amallarni ado etadigan, haromlardan uzoq boʻlgan, baʼzi mustahablarni tark etib, baʼzi makruhlarni qilgan kishilardir, deydilar.

«...va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga oʻzuvchilar ham bor.»

Ular barcha farz, vojib va sunnat amallarni toʻliq ado etadilar. Barcha harom, shubhali va makruh amallardan uzoqda boʻladilar. Buning ustiga, nomiga yaxshilik boʻlsa, hammadan oʻzib yetib boradilar.

«Ana shu ayni ulugʻ fazldir.»