QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят31

وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَـٰبِ هُوَ ٱلْحَقُّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِعِبَادِهِۦ لَخَبِيرٌۢ بَصِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz senga vahiy qilgan kitob ayni haqdir, o`zidan oldingi narsani tasdiqlovchi bo`lgandir. Albatta, Alloh O`z bandalaridan o`ta xabardor va ularni o`ta ko`rguvchidir.Биз сенга ваҳий қилган китоб айни ҳақдир, ўзидан олдинги нарсани тасдиқловчи бўлгандир. Албатта, Аллоҳ Ўз бандаларидан ўта хабардор ва уларни ўта кўргувчидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizga vahiy qilgan Kitob — Qurʼon oʻzidan avvalgi ilohiy kitoblarni tasdiqlaguvchi boʻlgan Haq (Kitobdir). Albatta Alloh Oʻz bandalaridan ogoh va (ularning barcha ishlarini) koʻrib turguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сизга ваҳий қилган Китоб — Қуръон ўзидан аввалги илоҳий китобларни тасдиқлагувчи бўлган Ҳақ (Китобдир). Албатта Аллоҳ Ўз бандаларидан огоҳ ва (уларнинг барча ишларини) кўриб тургувчидир.

438-sahifa · 22-juz · 44-hizb438-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِىٓva oʻsha narsakiва ўша нарсакиأَوْحَيْنَآBiz vahiy qildikБиз ваҳий қилдикإِلَيْكَsengaсенгаمِنَ-dan-данٱلْكِتَـٰبِkitobкитобهُوَuуٱلْحَقُّayni haqdirайни ҳақдирمُصَدِّقًۭاtasdiqlovchiтасдиқловчиلِّمَاnarsaniнарсаниبَيْنَoʻzidanўзиданيَدَيْهِ ۗoldingiолдингиإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِعِبَادِهِۦOʻz bandalaridanЎз бандалариданلَخَبِيرٌۢalbatta oʻta xabardorалбатта ўта хабардорبَصِيرٌۭoʻta koʻrguvchiўта кўргувчи
TafsirТафсир

Ey Muhammad, Biz senga vahiy qilgan kitob–Qurʼon ayni haqdir. Undan boshqa haq yoʻq. Qurʼonning oʻzi, uning taʼlimoti va hukmlari haqdir.

Alloh taoloning haq kitobi–Qurʼoni Karim

«oʻzidan oldingi narsani tasdiqlovchi boʻlgandir».

U oʻzidan oldingi ilohiy kitoblarni tasdiqlab kelgandir. Chunki, Qurʼonni ham oʻsha kitoblarni nozil qilgan Zot tushirgandir.

«Albatta, Alloh Oʻz bandalaridan oʻta xabardor va ularni oʻta koʻrguvchidir.»

Ularning har bir ishidan xabardor boʻlib, har bir narsasini yaxshi koʻrib turibdi. Vaqti kelganda Oʻzi bilib muomala qiladi.