وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ نَارُ جَهَنَّمَ لَا يُقْضَىٰ عَلَيْهِمْ فَيَمُوتُوا۟ وَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُم مِّنْ عَذَابِهَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى كُلَّ كَفُورٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir. Ularga na hukm qilinmaski, o`lsalar va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas. Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.Куфр келтирганларга жаҳаннам оташи бордир. Уларга на ҳукм қилинмаски, ўлсалар ва на улардан у(жаҳаннам)нинг азобидан енгиллатилмас. Ҳар бир кофирни шундоқ жазолаймиз.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar uchun esa jahannam oʻti bordirki, na ularga (ikkinchi bor oʻlish) hukm qilinib, oʻla olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. Biz har bir kofirni mana shunday jazolarmiz.Кофир бўлган кимсалар учун эса жаҳаннам ўти бордирки, на уларга (иккинчи бор ўлиш) ҳукм қилиниб, ўла олурлар ва на улардан (жаҳаннам) азоби енгиллатилур. Биз ҳар бир кофирни мана шундай жазолармиз.
Tamoman boshqacha holat. Kofirlar jahannam otashiga tashlandilar. «Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir.» Unda ular kuyib qiynalmoqdalar. Agar kuyib-kuyib oʻlib qolsalar, qutular edilar. Ammo, ularning oʻlishi haqida hukm ham yoʻq. «Ularga na hukm qilinmaski, oʻlsalar...» Ular oʻlmay, shu hollarida abadul-abad qiynalaveradilar. «...va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas.» Ayni damda, jahannamning azobi ular uchun biror lahza ham yengillatilmaydi. «Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.» Birortasi qochib qutula bilmaydi. Birortasi oʻlib qutula olmaydi. Birortasidan azob yengillashtirilmaydi.