QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят37

وَهُمْ يَصْطَرِخُونَ فِيهَا رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا نَعْمَلْ صَـٰلِحًا غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ أَوَلَمْ نُعَمِّرْكُم مَّا يَتَذَكَّرُ فِيهِ مَن تَذَكَّرَ وَجَآءَكُمُ ٱلنَّذِيرُ ۖ فَذُوقُوا۟ فَمَا لِلظَّـٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yo`qdir», (deyilur).Улар у ерда: «Эй Роббимиз!!! Бизларни чиқар!!! Қилиб юрган амалларимиздан бошқа, солиҳ амаллар қиламиз!!!» – деб доду фарёд солурлар. «Сизларга эслайдиган одам эслагудек умр бермаган эдикми?! Сизларга огоҳлантиргувчи келмаган эдими?! Бас, энди, тотаверинглар! Золимларга ҳеч бир ёрдамчи йўқдир», (дейилур).Alauddin Mansour: Ular u joyda: «Parvardigoro, bizlarni (bu azobdan) chiqargin, bizlar qilib oʻtgan amallarimizdan boshqa yaxshi (amallarni) qilurmiz», deb dod-voy qilurlar. Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantirguvchi (paygʻambar) ham kelgan edi-ku! Bas, endi azoblaringizni totaveringlar! Endi zolim kimsalar uchun biron yordamchi boʻlmas!Улар у жойда: «Парвардигоро, бизларни (бу азобдан) чиқаргин, бизлар қилиб ўтган амалларимиздан бошқа яхши (амалларни) қилурмиз», деб дод-вой қилурлар. Ахир Биз сизларга эслатма оладиган киши эслатма олгудек узун умр бермаганмидик?! Сизларга огоҳлантиргувчи (пайғамбар) ҳам келган эди-ку! Бас, энди азобларингизни тотаверинглар! Энди золим кимсалар учун бирон ёрдамчи бўлмас!

438-sahifa · 22-juz · 44-hizb438-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُمْva ularва уларيَصْطَرِخُونَdodu faryod solurlarдоду фарёд солурларفِيهَاu yerdaу ердаرَبَّنَآey Robbimizэй Роббимизأَخْرِجْنَاbizlarni chiqarбизларни чиқарنَعْمَلْamal qilurmizамал қилурмизصَـٰلِحًاsolihсолиҳغَيْرَboshqaбошқаٱلَّذِىoʻshandanўшанданكُنَّاbiz boʻlganбиз бўлганنَعْمَلُ ۚqilib yurganқилиб юрганأَوَلَمْemasmidiэмасмидиنُعَمِّرْكُمsizlarga umr berganimizсизларга умр берганимизمَّاshunchalikшунчаликيَتَذَكَّرُeslaydiэслайдиفِيهِundaундаمَنkimкимتَذَكَّرَeslasaэсласаوَجَآءَكُمُva sizlarga keldiва сизларга келдиٱلنَّذِيرُ ۖogohlantirguvchiогоҳлантиргувчиفَذُوقُوا۟bas, totiyveringlarбас, тотийверингларفَمَاbas, yoʻqбас, йўқلِلظَّـٰلِمِينَzolimlargaзолимларгаمِنhech birҳеч бирنَّصِيرٍyordamchiёрдамчи
TafsirТафсир

Jahannamda shiddatli azoblarga duchor boʻlgan kofirlar chiday olmay Robbul olamiynga yolvorishga oʻtadilar.

«Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!!»

Hayoti dunyoda Allohni Robb deb tan olishdan bosh tortgan edilar. Endi esa, oʻzlaridan-oʻzlari «Ey Robbimiz!!!» deyishga oʻtdilar.

Bizlarni bu shiddatli azobga toʻla jahannamdan chiqar!

«Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar.»

Ular gapga ham, oʻyga ham eʼtibor bermaydilar, yaʼni, solih gaplar aytamiz, yaxshi oʻylar oʻylaymiz, demaydilar. Balki amal haqida gapiradilar. Chunki, amal nima ekanini tushunib qoladilar.

Lekin ularning talablari qondirilmaydi. Ularning bu dodfaryodlari inobatga olinmaydi. Balki ularni yana ham xorlaydigan gaplar aytiladi. Alloh taolo ularga:

«Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?!»–deydi.

Oʻsha biz bergan umrni nimaga sarf qildingiz?! Nima uchun solih amal qilish oʻz vaqtida esingizga kelmadi?! Alloh taolo umr berib qoʻygan vaqtda solih amal qilmasdan, endi, doʻzaxga tushgan damda, solih amal qilish yodingizga kelib qoldimi?!

«Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?!»

Sizlarga iymon va solih amalga chaqirguvchi, jahannam azobidan ogohlantirguvchi Paygʻambar yoki uning daʼvati kelmagan edimi?! Kelgan edi. Ammo oʻsha paytda siz uni inkor qilgan edingiz. Endi doʻzaxga tushgach, Paygʻambar daʼvatidagi solih amalni oʻylab qoldingizmi?!

«Bas, endi, totaveringlar!»

Endi boʻlar ish boʻldi. Dod-faryod qilmay, bemalol jahannam azobini totaveringlar!

«Zolimlarga hech bir yordamchi yoʻqdir.»

Siz zolimlarsiz, sizga biror yordamchi boʻlmas!