وَلَوْ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِمَا كَسَبُوا۟ مَا تَرَكَ عَلَىٰ ظَهْرِهَا مِن دَآبَّةٍ وَلَـٰكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِۦ بَصِيرًۢا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan bo`lsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qo`ymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qo`yib qo`yur. O`sha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini ko`rib turguvchi Zotdir.Агар Аллоҳ одамларни қилганларига яраша оладиган бўлса, ер устида қимир этган жониворни қўймас эди. Лекин уларни белгиланган муддатгача қўйиб қўюр. Ўша ажаллари келганда эса... Бас, албатта, Аллоҳ бандаларини кўриб тургувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, (Yer) ustida biron jonivorni qoʻymagan boʻlur edi. Lekin U zot ularni (jazolashni) belgilagan muddatgacha (yaʼni, Qiyomat Kunigacha) qoldirur. Bas, qachon oʻsha muddat kelgach (ularning har biriga qilib oʻtgan barcha yaxshi-yomon amallarining mukofot-jazolarini berur). Zero, Alloh bandalarini koʻrib turguvchi boʻlgan Zotdir.Агар Аллоҳ одамларни улар қилган гуноҳлари билан жазоласа эди, (Ер) устида бирон жониворни қўймаган бўлур эди. Лекин У зот уларни (жазолашни) белгилаган муддатгача (яъни, Қиёмат Кунигача) қолдирур. Бас, қачон ўша муддат келгач (уларнинг ҳар бирига қилиб ўтган барча яхши-ёмон амалларининг мукофот-жазоларини берур). Зеро, Аллоҳ бандаларини кўриб тургувчи бўлган Зотдир.
Ushbu oyatda Allohning ilmi yaqqol koʻzga koʻrinmoqda. Shunchalik ilmi va qudrati boʻlsa ham, gunohkor bandalarini jazolashga shoshilmaydi.
«Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan boʻlsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qoʻymas edi.»
Nafaqat odamlarning oʻzini, balki boshqa jonzotlarni ham qoʻymas edi. Odam bolasining gunohi tufayli boshqa jonzotlar ham zarar koʻrishi shundan bilib olinadi.
«Lekin ularni belgilangan muddatgacha qoʻyib qoʻyur.»
Oʻsha vaqtgacha rizqlarini terib yeb, kunlarini koʻrib yuraveradilar.
«Oʻsha ajallari kelganda esa...» Alloh taoloning Oʻzi biladi.
«Bas, albatta, Alloh bandalarini koʻrib turguvchi zotdir.»
Shunga binoan, Oʻzi bilib tasarruf qiladi.