وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْحَكِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qur'oni Hakim ila qasam.Қуръони Ҳаким ила қасам.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ushbu) hikmatli Qurʼonga qasamki,(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, ушбу) ҳикматли Қуръонга қасамки,
Hikmatli Qurʼon bilan qasam. Alloh taolo biror narsa bilan qasam ichsa, oʻsha narsani ulugʻlaganidandir. Oʻsha narsaga eʼtibor jalb qilinishi lozim. Alloh Qurʼoni Karim bilan, uning hakimlik sifati bilan qasam ichishi bejiz emas. Avvalo, Qurʼonning hikmatli ekani taʼkidlanmoqda. U toʻlaligicha hikmatdir. Uning oyatlari hikmatdir. Uning qissalari hikmatdir. Uning hukmlari hikmatlidir. Uni oʻqigan odam hikmat topadi. Unga amal qilgan odam hikmatli ish qilgan boʻladi.
Qolaversa, Alloh taolo Qurʼoni Hakimga qasam ichib turib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq Paygʻambar ekanliklarini taʼkidlamoqda. Ey Muhammad: