لِيَأْكُلُوا۟ مِن ثَمَرِهِۦ وَمَا عَمِلَتْهُ أَيْدِيهِمْ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning mevalaridan va o`z qo`llari qilgan narsalardan yeyishlari uchun. Shukr qilmaydilarmi?!Унинг меваларидан ва ўз қўллари қилган нарсалардан ейишлари учун. Шукр қилмайдиларми?!Alauddin Mansour: Toki (odamlar oʻsha bogʻlarning) mevasidan yesinlar uchun (shunday qildik). Holbuki, u (mevalar)ni ular (qoʻllari bilan) qilmagan — yasab olmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?!Токи (одамлар ўша боғларнинг) мевасидан есинлар учун (шундай қилдик). Ҳолбуки, у (мевалар)ни улар (қўллари билан) қилмаган — ясаб олмаган эдилар. Ахир шукр қилмайдиларми?!
Oʻlib yotgan yerni tiriltirish, unda insonlar yeydigan donni chiqarish, yer yuzida xurmo va uzum bogʻlarini yaratish, buloqlarni oqizib qoʻyishdan maqsadimiz insonlar
«uning mevalaridan va oʻz qoʻllari qilgan narsalardan yeyishlari uchun»dir.
Agar biz yerni tiriltirmaganimizda, undan don, bogʻ-rogʻlar va suv chiqarmaganimizda insonlar uning mevasini ham tanovul etolmas, qoʻllari bilan turli taomlar tayyorlay olmas edilar. Shuni koʻra bilib turib ham:
«Shukr qilmaydilarmi?!»
Oʻsha neʼmatlarni bergan Zotga iymon keltirmaydilarmi? Uning Paygʻambariga ergashmaydilarmi? Kitobiga amal qilmaydilarmi?