وَءَايَةٌ لَّهُمُ ٱلَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ ٱلنَّهَارَ فَإِذَا هُم مُّظْلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uchun kechasi ham oyat (belgi)dir. Biz uni kunduzdan shilib olurmiz. Bas, ular birdan zulmatda qolguvchilardir.Улар учун кечаси ҳам оят (белги)дир. Биз уни кундуздан шилиб олурмиз. Бас, улар бирдан зулматда қолгувчилардир.Alauddin Mansour: Kecha ham ular uchun (bizning qudratimizni koʻrsatib turadigan) bir oyatdir: Biz undan kunduzni yechib olishimiz bilan banogoh ular zulmatda qolurlar.Кеча ҳам улар учун (бизнинг қудратимизни кўрсатиб турадиган) бир оятдир: Биз ундан кундузни ечиб олишимиз билан баногоҳ улар зулматда қолурлар.
Oʻlgandan keyin qayta tiriltirilishiga iymon keltirmayotgan insonlar eʼtibor bersinlar, Bizda oʻlganlarni qayta tiriltirishimizga juda koʻp oyat-belgilar bordir.
Jumladan:
«Ular uchun kechasi ham oyat(belgi)dir».
Kecha haqida tuzukroq oʻylab koʻrsalar, Bizning biru borligimizga, oʻlganlarni qayta tiriltirishga ham qudratimiz yetishiga oyat-belgi topadilar. Kecha nima oʻzi?Uni kim joriy qiladi?
«Biz uni kunduzdan shilib olurmiz.»
Yaʼni, Biz kechani kunduzdan shilib olamiz. Bu jumlada kechaning kirishi qoʻyning terisini shilib olishga oʻxshatilmoqda. Teri asta- asta shilib olinganidek, kunduz ham kechadan ajratib olinadi. Shunda:
«Bas, ular birdan zulmatda qolguvchilardir».
Ushbu haqiqat Alloh taoloning birligiga, borligiga va har narsaga qodirligiga, jumladan, oʻliklarni qayta tiriltira olishiga oyat-belgi emasmi?! Kechani oʻz vaqtida keladigan qilib qoʻygan, butun dunyoni bir zumda zulmat qoʻyniga choʻmdiradigan Zot oʻlganlarni qayta tiriltirishga ojizmidi?!