QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят38

وَٱلشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَّهَا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Quyosh o`z istiqrori uchun jarayon etar. Bu aziyzu o`ta bilguvchi Zotning taqdir qilganidir.Қуёш ўз истиқрори учун жараён этар. Бу азийзу ўта билгувчи Зотнинг тақдир қилганидир.Alauddin Mansour: Quyosh (biron soniya toʻxtamay) oʻz qarorgohi sari joriy boʻlur. Bu qudratli va bilguvchi Zotning taqdiri — oʻlchovidir.Қуёш (бирон сония тўхтамай) ўз қароргоҳи сари жорий бўлур. Бу қудратли ва билгувчи Зотнинг тақдири — ўлчовидир.

442-sahifa · 23-juz · 45-hizb442-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلشَّمْسُva quyoshва қуёшتَجْرِىjarayon etarжараён этарلِمُسْتَقَرٍّۢistiqrori uchunистиқрори учунلَّهَا ۚoʻziningўзинингذَٰلِكَbuбуتَقْدِيرُtaqdir qilganidirтақдир қилганидирٱلْعَزِيزِAzizningАзизнингٱلْعَلِيمِoʻta bilguvchiningўта билгувчининг
TafsirТафсир

Quyosh ham Alloh taoloning birligiga va borligiga, har bir narsaga qodirligiga, jumladan oʻliklarni qayta tiriltirishga ham qodir ekaniga bir oyat-belgidir. Oyatda quyoshning yaratilishi, uning ulkanligi, taratib turgan ziyosi va boshqa xususiyatlari haqida emas, balki oʻz istiqrori uchun ajratilgan makonda va zamonda jarayon etishi–harakatlanishi haqidagina gap ketmoqda.

Avvallari olimlar, quyosh joyida sobit turadi, boshqa sayyoralar uning atrofida aylanadi, deb aytar edilar. Keyingi kashfiyotlar quyosh ham harakat qilishini koʻrsatdi. Falakiyot ilmi olimlarining aytishicha, quyosh bir soniyada oʻn ikki mil tezlik ila harakat qilar ekan. U oʻziga istiqror qilingan manzil va vaqt tomon doimiy jarayonda ekan. Falakiyot ilmi yaqindagina kashf etgan bu ulkan haqiqatni Qurʼoni Karim bundan oʻn toʻrt asr ilgari bir qisqa oyatining yarmida aytib oʻtgan ekan.

Xoʻsh, shunday ulugʻ bir sayyorani oʻz istiqrori tomon joriy qilib qoʻygan Zot oʻlganlarni qayta tiriltira olmasmi?!

«Bu aziyzu oʻta bilguvchi zotning taqdir qilganidir.»

Alloh aziyzdir. Barchadan gʻolibdir. Har bir narsaga qodirdir. Oʻta bilguvchi zotdir. Quyosh oʻsha zot taqdir qilgan jarayonda harakatlanadi. Shuning uchun, u vazifasini bekamu koʻst ado etib turibdi. Xuddi oʻsha Zot oʻlganlarning qayta tirilishini ham taqdir qilib qoʻygan, vaqti kelganda bu ish ham bekamu koʻst ado etilajak.