وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ أَنفِقُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ أَنُطْعِمُ مَن لَّوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ أَطْعَمَهُۥٓ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganida, kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, O`zi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?! Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar.Уларга: «Аллоҳ сизга ризқ қилиб берган нарсадан инфоқ қилинглар», дейилганида, куфр келтирганлар иймон келтирганларга: «Аллоҳ хоҳласа, Ўзи таом берадиган кимсани биз таомлантирамизми?! Сиз очиқ-ойдин залолатдан бошқа нарсада эмассиз», дерлар.Alauddin Mansour: Qachon ularga: «Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilinglar», deyilsa, kofir boʻlgan kimsalar iymon keltirgan zotlarga (istehzo bilan): «Agar Alloh xohlasa Oʻzi taomlantirib oladigan kishilarga bizlar taom berurmizmi? Sizlar hech shak-shubhasiz, ochiq zalolatdadirsizlar», derlar.Қачон уларга: «Аллоҳ сизларга ризқ қилиб берган нарсалардан инфоқ-эҳсон қилинглар», дейилса, кофир бўлган кимсалар иймон келтирган зотларга (истеҳзо билан): «Агар Аллоҳ хоҳласа Ўзи таомлантириб оладиган кишиларга бизлар таом берурмизми? Сизлар ҳеч шак-шубҳасиз, очиқ залолатдадирсизлар», дерлар.
Hammaga, jumladan, kofirlarga ham rizqni Alloh taolo beradi. Musulmon banda oʻziga Alloh taolo bergan rizqdan Allohning yoʻlida infoq qilib turadi. Kofirlar esa, baxillik qiladilar. Ular Allohning yoʻlida infoq qilishdan yiroqlar.
«Ularga: «Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan infoq qilinglar», deyilganda...»
Kofirlar quloq osmaydilar. Balki moʻminlardagi «Barchaga rizqni Alloh beradi», degan eʼtiqodni masxara qilishga oʻtadilar va:
«Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Alloh xohlasa, Oʻzi taom beradigan kimsani biz taomlantiramizmi?!» deb istehzo qiladilar.
Yaʼni, kofirlar: «Ey moʻminlar, siz hammaga rizqni Alloh beradi, der edingiz, endi nima uchun Allohning Oʻzi rizq berib qoʻyavermay, biz infoq qilishimiz kerak ekan?!» demoqchi boʻladilar. Demak, Alloh barchaga rizq beravermas ekan-da, baʼzilarga biz berarkanmiz-da, demoqchi boʻladilar. Bu ishlari ularning naqadar johil ekanliklarini koʻrsatib turibdi. Shunga qaramasdan, ular moʻminlarni johillikda, zalolatda ayblab:
«Siz ochiq-oydin zalolatdan boshqa narsada emassiz», derlar».
Yaʼni, ey moʻminlar, siz Alloh hammaga rizq beradi, degan zalolatli eʼtiqoddasizlar, mana, bizdan baʼzi bir odamlarga taom berishimizni soʻrab turishingiz buning dalili, demoqchi boʻladilar.
Aslida esa, ularning tasavvurlari, gaplari ayni zalolatdir. Hech qachon, hech qanday inson oʻziga ham, boshqaga ham rizq topib bera olmaydi. Hammaga yagona zot Alloh taologina rizq beradi. Rizq topishga qobiliyat beradi. Rizq topishga imkoniyat beradi. Hamda rizqni sochib qoʻyadi. Alloh taoloning rizqi har joyda har xil boʻladi, har kimga har xil beriladi. Alloh taolo birovning rizqini keng, birovning rizqini tor qilib qoʻyadi. Hammasini hikmat bilan qiladi. Rizqlar xazinasining kaliti Razzoqi olamning qoʻlida. Kimnidir purrizq, kimnidir torrizq qilib qoʻyadi. Bandalarni sinash uchun shunday qiladi: qani, rizqi keng etib qoʻyilgan shu rizqning shukrini keltiradimi, yoʻqmi? Rizqi tor qilib qoʻyilgan boriga shukr etib, sabr qiladimi, yoʻqmi? Alloh taolo baʼzi bandalarning rizqini tor qilgan boʻlsa, u zotning baxilligidan emas. Alloh taolo rizqi keng bandalarini infoq qilishga amr etayotgan ekan, ularning molu dunyosiga ehtiyoji borligidan emas. Hammasi bandalarni sinash uchundir. Hammaga rizq beruvchi, hammani taomlantiruvchi, hammani boquvchi Alloh taoloning yagona Oʻzidir. Men birovga rizq beryapman, men birovni taomlantiryapman, men birovni boqyapman, degan odam kofir boʻladi, ochiq-oydin zalolatga ketadi.
Kofirlarning moʻminlarga bundan boshqa nobakorlik bilan aytadigan gaplari ham koʻp. Misol uchun: