وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ مِّنْ ءَايَـٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganda, faqat undan yuz o`girguvchi bo`lurlar.Ва уларга Роббилари оятларидан бир оят келганда, фақат ундан юз ўгиргувчи бўлурлар.Alauddin Mansour: Ularga Parvardigorning oyatlaridan biron oyat kelmas, magar ular (oʻsha oyatlnrdan) yuz oʻgirguvchi boʻlurlar.Уларга Парвардигорнинг оятларидан бирон оят келмас, магар улар (ўша оятлнрдан) юз ўгиргувчи бўлурлар.
Nima sababdan bunday yoʻl tutadilar?! Nima uchun?
«Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qoʻrqing. Shoyad, rahm qilinsangiz», deyilganda.»
Yaʼni, nima uchun ularga, bu dunyodagi hayotingiz davomida kufringiz, gunohingiz tufayli yoʻliqishi mumkin boʻlgan turli balo va ofatlardan qoʻrqingiz, deyilsa, quloq solmay, yuz oʻgirib ketadilar?! Oʻlganingizdan keyin u dunyoda oxirat azoblariga duch kelib qolishdan qoʻrqing, deyilganida, nima uchun quloq solmay, terslanadilar?! Nima uchun:
«...ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganda»,
undan ibrat olib, xatolarini toʻgʻrilab, Allohga iymon keltirib, ibodat qilish oʻrniga:
«faqat undan yuz oʻgirguvchi boʻlurlar?!»
Kofirlar bular bilan kifoyalanib qolmay, boshqa ishlar ham qiladilar, boshqa nomaʼqul gaplar ham aytadilar.