QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят45

وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّقُوا۟ مَا بَيْنَ أَيْدِيكُمْ وَمَا خَلْفَكُمْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qo`rqing. Shoyad, rahim qilinsangiz», deyilganda...Уларга: «Олдингиздаги нарсадан ва ортингиздаги нарсадан қўрқинг. Шояд, раҳим қилинсангиз», дейилганда...Alauddin Mansour: Qachon (mushriklarga): «Sizlar Allohning rahmatiga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi (dunyo fitnalaridan) va ortingizdagi (Oxirat azobidan) qoʻrqinglar», (yaʼni, iymonga kelinglar) deyilsa, (ular quloq solmaslar).Қачон (мушрикларга): «Сизлар Аллоҳнинг раҳматига эришишларингиз учун олдиларингиздаги (дунё фитналаридан) ва ортингиздаги (Охират азобидан) қўрқинглар», (яъни, иймонга келинглар) дейилса, (улар қулоқ солмаслар).

443-sahifa · 23-juz · 45-hizb443-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиقِيلَdeyilsaдейилсаلَهُمُulargaуларгаٱتَّقُوا۟qoʻrqingқўрқингمَاnarsadanнарсаданبَيْنَoldidaолдидаأَيْدِيكُمْqoʻllaringiz (oldingizdagi)қўлларингиз (олдингиздаги)وَمَاva narsadanва нарсаданخَلْفَكُمْortingizdagiортингиздагиلَعَلَّكُمْshoyadшоядتُرْحَمُونَrahm qilinsangizраҳм қилинсангиз
TafsirТафсир

Nima sababdan bunday yoʻl tutadilar?! Nima uchun?

«Ularga: «Oldingizdagi narsadan va ortingizdagi narsadan qoʻrqing. Shoyad, rahm qilinsangiz», deyilganda.»

Yaʼni, nima uchun ularga, bu dunyodagi hayotingiz davomida kufringiz, gunohingiz tufayli yoʻliqishi mumkin boʻlgan turli balo va ofatlardan qoʻrqingiz, deyilsa, quloq solmay, yuz oʻgirib ketadilar?! Oʻlganingizdan keyin u dunyoda oxirat azoblariga duch kelib qolishdan qoʻrqing, deyilganida, nima uchun quloq solmay, terslanadilar?! Nima uchun:

«...ularga Robbilari oyatlaridan bir oyat kelganda»,

undan ibrat olib, xatolarini toʻgʻrilab, Allohga iymon keltirib, ibodat qilish oʻrniga:

«faqat undan yuz oʻgirguvchi boʻlurlar?!»

Kofirlar bular bilan kifoyalanib qolmay, boshqa ishlar ham qiladilar, boshqa nomaʼqul gaplar ham aytadilar.