QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят44

إِلَّا رَحْمَةً مِّنَّا وَمَتَـٰعًا إِلَىٰ حِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Magar Bizdan bir rahmat va ma'lum muddatgacha bahramand bo`lish bo`lsagina (omon qolurlar).Магар Биздан бир раҳмат ва маълум муддатгача баҳраманд бўлиш бўлсагина (омон қолурлар).Alauddin Mansour: Magar Biz tomondan boʻlgan marhamat sababli va (maʼlum) bir vaqtgacha (yaʼni, ajallari yetguncha hayot neʼmatlaridan) bahramand boʻlishlari uchun (ularga balo-qazolardan najot berilur).Магар Биз томондан бўлган марҳамат сабабли ва (маълум) бир вақтгача (яъни, ажаллари етгунча ҳаёт неъматларидан) баҳраманд бўлишлари учун (уларга бало-қазолардан нажот берилур).

443-sahifa · 23-juz · 45-hizb443-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagarмагарرَحْمَةًۭbir rahmatбир раҳматمِّنَّاBizdanБизданوَمَتَـٰعًاva bahramand boʻlishва баҳраманд бўлишإِلَىٰ-gacha-гачаحِينٍۢmaʼlum muddatмаълум муддат
TafsirТафсир

Oʻshanda faqat Allohning Oʻzi rahmat nazarini solib, qutqarib qolishi mumkin. Yoki maʼlum muddatgacha dunyoning matohidan bahramand qilish uchun omon qoldirishi mumkin. Boʻlmasa, hech kim eson qolmas. Buning misoli hayotda tez-tez takrorlanib ham turadi. Insonlar shuni oʻylab, ibrat olib, Allohga iymon keltirsalar, oʻlgandan keyin qayta tiriladigan kunga tayyorgarlik koʻrsalar boʻlmaydimi? Nima uchun shuncha oyat-belgilar tursa ham, ular gʻaflatda yuradilar? Allohga kufr keltiradilar? Oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor etadilar? Nima uchun?!