مَا يَنظُرُونَ إِلَّا صَيْحَةً وَٰحِدَةً تَأْخُذُهُمْ وَهُمْ يَخِصِّمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular talashib-tortishib turganlarida o`zlarini birdan oladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yo`q.Улар талашиб-тортишиб турганларида ўзларини бирдан оладиган биргина қичқириқдан бошқа нарсани кутаётганлари йўқ.Alauddin Mansour: Ular faqat birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqdalar, xolos. U ularni (oʻlimdan mutlaqo bexabar hollarida koʻcha-koʻy va bozorlarda bir-birlari bilan) janjallashib turganlarida olib ketar (yaʼni, halok etar).Улар фақат биргина даҳшатли қичқириқни кутмоқдалар, холос. У уларни (ўлимдан мутлақо бехабар ҳолларида кўча-кўй ва бозорларда бир-бирлари билан) жанжаллашиб турганларида олиб кетар (яъни, ҳалок этар).
Boʻlishini inkor etayotgan, masxara qilayotganlari qiyomatni qoim qilish Alloh uchun hech qiyin ish emas. Faqat bir qichqiriq boʻlsa, kifoya: qiyomat qoim boʻladi-qoladi. Uni inkor qilayotganlar faqat bir qichqiriqdan boshqa narsani kutayotganlari yoʻq. Asl tabiati talashib-tortishish boʻlgan kofirlar talashib-tortishib turganlarida bir qichqiriq ila ado boʻladilar.