QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят52

قَالُوا۟ يَـٰوَيْلَنَا مَنۢ بَعَثَنَا مِن مَّرْقَدِنَا ۜ ۗ هَـٰذَا مَا وَعَدَ ٱلرَّحْمَـٰنُ وَصَدَقَ ٱلْمُرْسَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qo`zg`atdi?! Bu Rohman va'da qilgan va yuborilgan Payg`ambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» – derlar.Улар: «Воҳ, шўримиз қурисин! Бизни ётган жойимиздан ким қўзғатди?! Бу Роҳман ваъда қилган ва юборилган Пайғамбарлар тасдиқлаган нарса-ку?!» – дерлар.Alauddin Mansour: Ular: «Ey bizlarga oʻlim boʻlsin! Kim bizlarni yotgan joyimizdan (qabrlarimizdan) turgʻazdi?», deganlarida, (ularga aytilur): «Mana shu Rahmon vaʼda qilgan va paygʻambarlar rost soʻzlagan narsa — Qiyomatdir».Улар: «Эй бизларга ўлим бўлсин! Ким бизларни ётган жойимиздан (қабрларимиздан) турғазди?», деганларида, (уларга айтилур): «Мана шу Раҳмон ваъда қилган ва пайғамбарлар рост сўзлаган нарса — Қиёматдир».

443-sahifa · 23-juz · 45-hizb443-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟derlarдерларيَـٰوَيْلَنَاvoh, shoʻrimiz qurisin!воҳ, шўримиз қурисин!مَنۢkimкимبَعَثَنَاbizni qoʻzgʻotdiбизни қўзғотдиمِن-dan-данمَّرْقَدِنَا ۜ ۗyotgan joyimizётган жойимизهَـٰذَاbuбуمَاnarsa-kuнарса-куوَعَدَvaʼda qilganваъда қилганٱلرَّحْمَـٰنُRohmanРоҳманوَصَدَقَva tasdiqlaganва тасдиқлаганٱلْمُرْسَلُونَyuborilgan Paygʻambarlarюборилган Пайғамбарлар
TafsirТафсир

Boshlariga tushganida koʻzlari ochilib, hushlari joyiga keladi. Isrofil alayhissalom surga ikkinchi bor puflaganidan keyin qabrlaridan shoshilib chiqqan kofirlar hayron boʻlib:

«Voh, shoʻrimiz qurisin! Bizni yotgan joyimizdan kim qoʻzgʻatdi?!»

Oʻlib, koʻmilib yotgan joyimizdan kim chiqardi?!–deydilar. Bir ozdan soʻng gap nimada ekanligini fahmlab yetib:

«Bu Rohman vaʼda qilgan...» narsa-ku!

Alloh bizga oʻlgandan soʻng tirilib, qabrdan chiqishni vaʼda qilgan edi. Bu xuddi shuning oʻzi-ku!

«...va yuborilgan Paygʻambarlar tasdiqlagan narsa-ku?!» – derlar».

Bizga kelgan Paygʻambarlar ham oʻlgandan keyin tirilish haq ekanini aytgan edilar, bu ishlar oʻshaning oʻzginasi-ku, deydilar.