فَٱلْيَوْمَ لَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْـًٔا وَلَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bugungi kunda biror jonga hech bir zulm qilinmas. Qilib o`tgan amallaringizdan boshqasiga jazo ham olmassiz.Бугунги кунда бирор жонга ҳеч бир зулм қилинмас. Қилиб ўтган амалларингиздан бошқасига жазо ҳам олмассиз.Alauddin Mansour: Mana bu Kunda hech bir jonga biron zulm qilinmas va sizlar faqat oʻzlaringiz qilib oʻtgan amallaringiz sababli jazolanursiz.Мана бу Кунда ҳеч бир жонга бирон зулм қилинмас ва сизлар фақат ўзларингиз қилиб ўтган амалларингиз сабабли жазоланурсиз.
Qiyomat kunida hech kimga zarracha zulm qilinmaydi. Chunki, Alloh taoloning adolati mutlaqdir. U zot hamma hisoblarni zarracha oʻzgartirmay, aniq olib qoʻygan. Har bir jonga bu dunyoda qilganiga yarasha jazo yoki mukofot berajak.