QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят74

وَٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ ءَالِهَةً لَّعَلَّهُمْ يُنصَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohdan o`zga ilohlar tutdilar. Go`yoki, ularga yordam berilar emish.Улар Аллоҳдан ўзга илоҳлар тутдилар. Гўёки, уларга ёрдам берилар эмиш.Alauddin Mansour: (Yoʻq, ular shukr qilmadilar, balki) Allohni qoʻyib yordam olish umidida (oʻzga) «xudo»larni tutdilar.(Йўқ, улар шукр қилмадилар, балки) Аллоҳни қўйиб ёрдам олиш умидида (ўзга) «худо»ларни тутдилар.

445-sahifa · 23-juz · 45-hizb445-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱتَّخَذُوا۟va tutdilarва тутдиларمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳءَالِهَةًۭilohlarилоҳларلَّعَلَّهُمْgoʻyoki ularгўёки уларيُنصَرُونَyordam berilar emishёрдам берилар эмиш
TafsirТафсир

Alloh bergan neʼmatlarga noshukrlik qilgan bandalar Allohga shirk keltirib, undan oʻzga «xudolar» tutdilar. Goʻyoki, oʻsha «xudolar» tomonidan ularga yordam berilar emish!