لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَهُمْ وَهُمْ لَهُمْ جُندٌ مُّحْضَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning yordamiga («xudolari») qodir bo`lmaslar. Ular esa, o`sha(«xudo»)lari uchun hozir qilingan askardirlar.Уларнинг ёрдамига («худолари») қодир бўлмаслар. Улар эса, ўша(«худо»)лари учун ҳозир қилинган аскардирлар.Alauddin Mansour: Ular oʻsha («xudo»lari) uchun hozirlangan qoʻshinlari boʻlgan hollarida ham u («xudo»lar) ularga yordam berishga qodir boʻlmaslar.Улар ўша («худо»лари) учун ҳозирланган қўшинлари бўлган ҳолларида ҳам у («худо»лар) уларга ёрдам беришга қодир бўлмаслар.
Mushriklarning «xudolari» ularga yordam berishga qodir boʻla olmaydilar. Lekin ular oʻsha «xudolari» uchun jon fido qilishga tayyor turgan askarlardir. Ular uchun turli xizmatlar ado etadilar. Soxta xudolarini himoya qilish uchun oʻzlarini oʻtga-choʻqqa uradilar. Bular qanday xudolar boʻldi?! Bular qanday bandalar boʻldi? Bunday xudolik va bandalik qaysi mantiqqa toʻgʻri keladi?
Ey Paygʻambar!