QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят76

فَلَا يَحْزُنكَ قَوْلُهُمْ ۘ إِنَّا نَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning gapi seni xafa qilmasin. Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz.Уларнинг гапи сени хафа қилмасин. Албатта, Биз нимани сир тутсалар ва нимани ошкор қилсалар, билурмиз.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizni ularning soʻzlari gʻamgin qilmasin! Zotan, Biz ularning yashiradigan narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham bilurmiz.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизни уларнинг сўзлари ғамгин қилмасин! Зотан, Биз уларнинг яширадиган нарсаларини ҳам, ошкор қиладиган нарсаларини ҳам билурмиз.

445-sahifa · 23-juz · 45-hizb445-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَاbas, emasбас, эмасيَحْزُنكَseni xafa qilmasinсени хафа қилмасинقَوْلُهُمْ ۘularning gapiуларнинг гапиإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизنَعْلَمُbilurmizбилурмизمَاnimaniниманиيُسِرُّونَsir tutsalarсир тутсаларوَمَاva nimaniва ниманиيُعْلِنُونَoshkor qilsalarошкор қилсалар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan paytlar Islom daʼvati, Paygʻambarimiz alayhissalom va moʻmin-musulmonlar uchun gʻoyat ogʻir va mashaqqatli paytlar edi. Oʻsha davrda mushriklarning ozorlari va turli kirdikorlari avjga chiqqan edi. Mazkur qiyinchiliklar haqida Paygʻambar alayhissalomga va moʻmin-musulmonlarga tasalli beradigan birdan-bir narsa oʻsha paytlarda nozil boʻlayotgan oyati karimalar edi. Ushbu oyatlarda ham Alloh taolo Paygʻambarimizga va u zot orqali moʻmin-musulmonlarga tasalli bermoqda:

«Ularning gapi seni xafa qilmasin».

Yaʼni, kofir va mushriklarning dinu diyonatga, Qurʼonga va ahli iymonga qarshi aytayotgan gapi seni xafa qilmasin.

«Albatta, Biz nimani sir tutsalar va nimani oshkor qilsalar, bilurmiz.»

Shu jumladan, kofir va mushriklarning seni xafa qiladigan gapini ham yaxshi bilurmiz. Unga yarasha jazolarini berurmiz.