QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят77

أَوَلَمْ يَرَ ٱلْإِنسَـٰنُ أَنَّا خَلَقْنَـٰهُ مِن نُّطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُّبِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?! Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi bo`lib turibdi?!Инсон Биз уни нутфадан яратганимизни билмайдими?! Энди эса, у очиқ-ойдин хусуматчи бўлиб турибди?!Alauddin Mansour: Inson Biz uni nutfadan — bir tomchi suvdan yaratganimizni, endi esa banogoh u (Oʻzimizga) ochiq qarshilik qilguvchi boʻlib qolganini koʻrmadimi?!Инсон Биз уни нутфадан — бир томчи сувдан яратганимизни, энди эса баногоҳ у (Ўзимизга) очиқ қаршилик қилгувчи бўлиб қолганини кўрмадими?!

445-sahifa · 23-juz · 45-hizb445-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوَلَمْaxir ...masmiахир ...масмиيَرَbilmas (koʻrmas)билмас (кўрмас)ٱلْإِنسَـٰنُinsonинсонأَنَّاBizningБизнингخَلَقْنَـٰهُuni yaratganimizniуни яратганимизниمِن-dan-данنُّطْفَةٍۢnutfadanнутфаданفَإِذَاendi esa, birdanэнди эса, бирданهُوَuуخَصِيمٌۭxusumatchiхусуматчиمُّبِينٌۭochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima va undan soʻng keladigan oyatlar oʻlgandan keyin tiriltirishni inkor qiladigan har bir insonga xitobdir. Ammo bu oyatlarning tushishiga sabab boʻlgan kishi mushriklarning kattasi Ubay ibn Xalaf edi.

Mujohid, Ikrima, Urva ibn Zubayr, as-Suddiy va Qatodadan qilingan rivoyatda: «Ubay ibn Xalaf (Allohning laʼnati boʻlsin unga) qoʻlida chirigan suyakni tutib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi va xokini havoga puflab uchirib turib:

«Ey Muhammad, Alloh mana shuni tiriltiradi, deb gumon qilasanmi?!»–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ha, Alloh seni oʻldiradi, keyin qayta tiriltiradi, soʻngra esa, doʻzaxga kiritadi», dedilar. Shundan keyin: «Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?!» deb boshlanuvchi oyatlar nozil boʻldi», deyilgan.

Ha, inson oʻz aslini bilganida kofir boʻlmas edi. Oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor qila olmas edi.

«Inson Biz uni nutfadan yaratganimizni bilmaydimi?!»

Inson oʻzining bir tomchi jirkanch suvdan yaratilganini bilmaydimi?! Oʻzini kim deb oʻylaydi?! Bunchalik hovliqadi?! Bunchalik osmondan keladi?!

«Endi esa, u ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi?!»

Alloh chirigan suyakni qanday qilib qayta tiriltiradi, deb istehzo bilan savol beradi?!