QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят83

فَسُبْحَـٰنَ ٱلَّذِى بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, barcha narsaning tom egaligi qo`lida bo`lgan Zot pokdir. Ungagina qaytarilursizlar.Бас, барча нарсанинг том эгалиги қўлида бўлган Зот покдир. Унгагина қайтарилурсизлар.Alauddin Mansour: Bas, barcha narsaning egaligi Oʻz qoʻlida boʻlgan (Alloh har qanday aybu-nuqsondan) pok Zotdir. Va (albatta) sizlar Yolgʻiz Ungagina qaytarilursizlar.Бас, барча нарсанинг эгалиги Ўз қўлида бўлган (Аллоҳ ҳар қандай айбу-нуқсондан) пок Зотдир. Ва (албатта) сизлар Ёлғиз Унгагина қайтарилурсизлар.

445-sahifa · 23-juz · 45-hizb445-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَسُبْحَـٰنَbas, pokdirбас, покдирٱلَّذِىoʻsha zotўша зотبِيَدِهِۦqoʻlidaқўлидаمَلَكُوتُtom egaligiтом эгалигиكُلِّbarchaбарчаشَىْءٍۢnarsaningнарсанингوَإِلَيْهِva Ungaginaва Унгагинаتُرْجَعُونَqaytarilursizlarқайтарилурсизлар
TafsirТафсир

Gap shunday ekan, demak dunyodagi barcha narsalarning toʻla egaligi va tasarrufi qoʻlida boʻlgan Alloh taolo pokdir. Barcha ayb va nuqsonlardan, jumladan, kofir va mushriklar, oʻlganlarni qayta tiriltira olmaydi, deb taqayotgan nuqsondan ham pokdir. Va bilib qoʻyinglar:

«Ungagina qaytarilursizlar».

Hamma-hammangiz oxir-oqibat unga qaytib borasizlar. Boshqaga emas. Demak, oʻsha kunga tayyorgarlik koʻringlar. Allohga iymon keltirib, Unga ibodat qilinglar, Uning huzuriga qaytib borganingizda sharmanda boʻlib qolmaslikning chorasini axtaringlar.

Mana, «Yaasiyn» surasini oʻrganib ham chiqdik. Nima uchun bu surai karima «Qurʼonning qalbi» deb atalgani, nima uchun uning fazli haqida hadisi shariflar vorid boʻlgani anglab olingandir.

Surada moʻʼjaz kalimalar bilan Alloh taoloning biru borligi, har bir narsaga qodirligi, Paygʻambarlik va vahiyning haqligi, kishilar Paygʻambar yetkazgan vahiyni oʻzlariga dastur qilib yashamoqlari lozimligi, oʻlgandan keyin qayta tirilish kabi masalalar muolaja etildi. Bular har bir kishining qalbida turishi lozim boʻlgan masalalardir. Har bir kishi ertayu kech eslab turishi zarur boʻlgan masalalardir. Ushbu masalalarni oʻz ichiga olgan «Yaasiyn» surasini har bir kishi iymon bilan oʻqisa, gunohlari magʻfirat boʻlishiga loyiqdir.