QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят1

وَٱلصَّـٰٓفَّـٰتِ صَفًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Safda tizilib turuvchilar ila qasam.Сафда тизилиб турувчилар ила қасам.Alauddin Mansour: (Alloh yoʻlida) saf tortib turadigan,(Аллоҳ йўлида) саф тортиб турадиган,

446-sahifa · 23-juz · 45-hizb446-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلصَّـٰٓفَّـٰتِsafda tizilib turuvchilar ila qasamсафда тизилиб турувчилар ила қасамصَفًّۭاsaf-saf boʻlibсаф-саф бўлиб
TafsirТафсир

Oyatda Robbul olamiyn «Vas-soffaati soffan» deb, Oʻzining amrini ado etish uchun safga tizilib, shay boʻlib turgan farishtalar bilan qasam ichmoqda.

Alloh taolo keyingi ikki oyatda ham maʼlum bir toifa farishtalar bilan qasam ichadi. Bu esa, oʻsha farishtalarning Alloh taolo huzurida oʻziga yarasha qadr-qiymati borligini bildiradi. Ularga eʼtiborni jalb etadi. Ularning shon-sharafini orttiradi. Farishtalar ham Alloh taoloning maxluqotlari, bandalari. Ular oʻziga xos xususiyatlari bilan yaratilgan. Bir toifalari Alloh taoloning amrini darhol bajarish uchun saf tortib tayyor turadilar. Farishtalarning saf tortishlari hadisi sharifda ham kelgan.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Farishtalar Robbilari huzurida saf tortganlaridek saf tortmaysizlarmi?!»–dedilar. Biz:

«Qanday qilib, ey, Allohning Rasuli?»–dedik. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Oldingi saflarni toʻldiradilar va safni jips qiladilar», dedilar», deyilgan.