As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят2
فَٱلزَّٰجِرَٰتِ زَجْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zajr (qilinadiganlarni) zajr qilguvchilar ila qasam.Зажр (қилинадиганларни) зажр қилгувчилар ила қасам.Alauddin Mansour: (Allohning bandalarini gunoh yoʻllaridan) mudom toʻsadigan,(Аллоҳнинг бандаларини гуноҳ йўлларидан) мудом тўсадиган,
446-sahifa · 23-juz · 45-hizb446-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱلزَّٰجِرَٰتِva zajr qilguvchilar ila qasamва зажр қилгувчилар ила қасамزَجْرًۭاzajr qilibзажр қилиб
TafsirТафсир
«Zajr» soʻzi mumtoz adabiyotimizda ham shu maʼno va shu shaklda ishlatilgan. Bu soʻz aybdorni qoʻpol soʻz va muomala ila bir narsadan uzoqlashtirish maʼnosini anglatadi. Farishtalardan bir toifasi kofir va osiylarning jonlari olinayotganda, xashr paytida va jahannamga haydash paytida zajr qilishga maʼmurdirlar. Alloh taolo oyati karimada oʻsha toifadagi farishtalar bilan qasam ichmoqda.