فَٱلتَّـٰلِيَـٰتِ ذِكْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Zikrni tilovat qilguvchilar ila qasam.Зикрни тиловат қилгувчилар ила қасам.Alauddin Mansour: (Allohning kalomini) doimo tilovat qiladigan (insonlar va farishtalardan iborat barcha) zotlarga qasamki,(Аллоҳнинг каломини) доимо тиловат қиладиган (инсонлар ва фаришталардан иборат барча) зотларга қасамки,
Yana bir toifa farishtalar Allohning samoviy kitoblarini, yaʼni, zikrni tilovat qilishga buyurilgan. Oyatda Alloh taolo oʻsha toifadagi farishtalar bilan ham qasam ichmoqda.
Odatda, oʻta muhim ishni taʼkidlash uchun qasam ichiladi. Xususan, Alloh subhanahu va taolo har arzimas bahonaga qasam ichavermaydi. Xoʻsh, biryoʻla uch toifa farishtalar bilan qasam ichishdan maqsad nima? Bundan koʻzlangan maqsad juda muhimdir. U ham boʻlsa, tavhidni eʼlon etishdir, yaʼni, shuncha farishtalar bilan qasamki,