فَلَمَّآ أَسْلَمَا وَتَلَّهُۥ لِلْجَبِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ikkovlari taslim bo`lib, uni peshonasicha yotqizganida.Икковлари таслим бўлиб, уни пешонасича ётқизганида.Alauddin Mansour: Bas, qachonki ikkisi ham (Allohning vahiysiga) boʻyinsunib, (endi Ibrohim oʻz oʻgʻli Ismoilni qurbon qilish uchun) peshonasi bilan (yerga) yotqizgan ediki,Бас, қачонки иккиси ҳам (Аллоҳнинг ваҳийсига) бўйинсуниб, (энди Иброҳим ўз ўғли Исмоилни қурбон қилиш учун) пешонаси билан (ерга) ётқизган эдики,
Ota-bola quruq gap bilangina kifoyalanmadilar, fidokorliklarini ogʻizdagina bajarmadilar. Amalga oʻtdilar.
Ota-bola:
«Ikkovlari taslim boʻlib...»
Allohning amriga boʻyinsunib, itoat qilib, amrni ado etishga tayyor ekanliklarini tilda aytganlaridan soʻng, uni amalga oshirishga oʻtdilar va ota:
«uni peshonasicha yotqizganida...»
Soʻyish vaqtida koʻz koʻzga tushmasin deb bolajonini yerga qaratib yotqizib, uni soʻyishga shaylanib, boʻyniga pichoq tortayotgan bir paytda:
«Biz unga nido qildik: Ey Ibrohim! Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding!»
Sen tushingda koʻrgan amrni tasdiqlab amalga oshirding. Allohning amriga taslim boʻlib, bolangni soʻyishga jazm qilding. Amrdan koʻzlangan maqsad hosil boʻldi. U ham boʻlsa, bandalarning tamomiyla Allohga taslim boʻlishlari edi. Har bir ishda Allohning amriga itoat etishlari, faqat Uning roziligini koʻzlab ish qilishlari edi. Ana oʻsha maqsad amalga oshdi. Allohga bandalarning joni kerak emas. Allohga bandalarning qoni ham kerak emas.
«Albatta, biz goʻzal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz», deb unga nidosini davom ettirdi Alloh.
Ha, Alloh taolo Paygʻambari Ibrohim alayhissalomga nido qilib, dediki: Ey Ibrohim, biz doimo goʻzal ish qilgan bandalarimizni senga oʻxshatib mukofotlaymiz. Ularni turli sinovlar uchun tanlab olishimiz ham mukofotdir. Chunki, shu sinovlar orqali ular ajrsavoblarga, oliy martabalarga erishadilar, bundan ortiq mukofot bormi? Seni ham oʻgʻlingni qurbonlik uchun soʻyish orqali sinovga duchor qildik. Yuzaki qaraganda, bu sinov balo-ofat va musiybat boʻlib koʻrinadi. Ammo, aslida esa, mukofotdir. Oliy maqomlarga erishish omilidir. Shu sinov boʻlmaganida, sen qiyomatgacha fidokorlik timsoli boʻlib qolmas eding. Hammaga oʻrnak boʻlmas eding. Ilohiy kitoblarda zikr qilinmas eding. Noming ibodatlarda tilovat etilmas edi.