فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ ٱلسَّعْىَ قَالَ يَـٰبُنَىَّ إِنِّىٓ أَرَىٰ فِى ٱلْمَنَامِ أَنِّىٓ أَذْبَحُكَ فَٱنظُرْ مَاذَا تَرَىٰ ۚ قَالَ يَـٰٓأَبَتِ ٱفْعَلْ مَا تُؤْمَرُ ۖ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّـٰبِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachonki (bola) uning o`zi bilan birga yuradigan bo`lganida: «Ey o`g`ilcham, men tushimda seni so`yayotganimni ko`rmoqdaman, boqib ko`r, nima dersan?» – dedi. U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, inshoalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi.Бас, қачонки (бола) унинг ўзи билан бирга юрадиган бўлганида: «Эй ўғилчам, мен тушимда сени сўяётганимни кўрмоқдаман, боқиб кўр, нима дерсан?» – деди. У: «Эй отажон, сенга амр этилганни бажар, иншоаллоҳ, мени сабр қилгувчилардан топурсан», деди.Alauddin Mansour: Endi qachonki u (bola Ibrohim) bilan birga yuradigan boʻlgach, (Ibrohim): «Ey oʻgʻilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) soʻyayotganimni koʻrmoqdaman. Endi sen oʻzing nima raʼy-fikr qilishingni bir oʻylab koʻrgin», degan edi. U aytdi: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshoalloh meni sabr qilguvchilardan topursan».Энди қачонки у (бола Иброҳим) билан бирга юрадиган бўлгач, (Иброҳим): «Эй ўғилчам, мен (ҳадеб) тушимда сени (қурбонлик учун) сўяётганимни кўрмоқдаман. Энди сен ўзинг нима раъй-фикр қилишингни бир ўйлаб кўргин», деган эди. У айтди: «Эй отажон, сенга (тушингда Парвардигор томонидан) буюрилган ишни қилгин. Иншоаллоҳ мени сабр қилгувчилардан топурсан».
Bu oyati karimadagi ota-bola oʻrtasidagi birgina savol va birgina javob insoniyat tarixida Alloh yoʻlida koʻrsatilgan fidokorlikning eng yuksak namunalaridan biridir. Alloh taologa nisbatan odobning eng yuqori choʻqqisi sanaladi. Alloh taoloning yoʻlida hech narsani ayamaslikning eng yuksak namunasidir.
Umr boʻyi johil, mushrik, Allohni tan olmagan, nobakor bir qavm bilan janjallashib oʻtgan, ular tomonidan turli jafolar chekkan, hatto katta gulxanga otilgan qari bir odam edilar Ibrohim alayhissalom. Noiloj qolib, vatanlarini, ellarini, xalqlarini, yaqinlarini, uy-joylarini, barcha manfaatlarini tark etib, boshqa yurtga yolgʻizlikka hijrat qilgan bir odam edilar Ibrohim alay- hissalom. Yoshlari ulgʻayib, farzand koʻrishdan umidlari uzilgan bir paytda Alloh taolo u zotga halim bir oʻgʻil berdi. Ibrohim alayhissalom oʻgʻillarini koʻz qorachigʻidek avaylab, asrab oʻstirdilar. Farzand ota-onasining koʻz quvonchi boʻlib oʻsib bordi. Ota bolasini koʻrib quvonar edi.
«Bas, qachonki (bola) uning oʻzi bilan birga yuradigan boʻlganida...»
Yolgʻiz oʻgʻil Ibrohim alayhissalom bilan birga yuradigan boʻlib, otasining yoniga kirgan chogʻda, tafsirchi ulamolar aytishlaricha, oʻn uch yoshga toʻlganida, ota bolasiga qarab:
«Ey oʻgʻilcham, men tushimda seni soʻyayotganimni koʻrmoqdaman, boqib koʻr, nima dersan?» – dedi».
Keksayib qolganda koʻrgan jigarbandini otaning oʻzi soʻymoqchi! Allohning yoʻlida soʻymoqchi! Tushida shuni koʻribdi. Ota tushini Allohning amri deb qabul qildi. Chunki, Paygʻambarlarning tushi vahiydir. Bir marta emas, bir necha bor koʻribdi, shuning uchun ham, jigarbandiga: «Seni soʻyayotganimni koʻrmoqdaman», dedi, «koʻrdim» demadi. Bu ish Alloh uchun hijrat qilgan odamga katta sinov edi. Umr boʻyi dinu diyonat yoʻlida turli sinovlardan oʻtib kelgan shaxs-ga yana bir bor ulkan sinov roʻbaroʻ boʻldi. Qariganida topgan gulday jigargoʻshasini, endigina yoniga kirib, oʻzi bilan birga yuradigan boʻlganda, oʻz qoʻli bilan soʻyishi kerak edi. Moʻmin, muxlis banda Ibrohim alayhissalom bu ishni oʻziga xos bosiqlik, xotirjamlik va ishonch bilan qabul qilib oldilar. Ikkilanmadilar, qanday boʻlar ekan, deb oʻylab oʻtirmadilar, qutulish uchun boshqa chora izlamadilar. Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor edi. Soʻyilishi lozim boʻlgan qurbonlik ham odam edi. Joni bor, qoni bor, es-hushi, aqli bor edi. Ibrohim alayhissalom farzandlaridagi shu jihatlarni hisobga olib, Ismoilning bu ishga qanchalik tayyorligini sinab, unga maslahat soldilar.
«Ey oʻgʻilcham, men tushimda seni soʻyayotganimni koʻrmoqdaman, boqib koʻr, nima dersan?»–dedilar.
Ha, bu nafaqat otaning oʻziga, balki bolasiga ham sinov edi. Ota uzoq umri davomida koʻpgina sinovlardan oʻtgan. Oʻgʻil esa, endi birinchi bor jiddiy sinovga roʻbaroʻ boʻlayotgan edi. Shu bilan birga, oʻgʻil Alloh taolo u tugʻilishidan oldin xabar berib qoʻyganidek halim oʻgʻil edi. Har qanday ogʻirlikni ham chidam bilan qarshi olishga tayyor farzand edi. Shunday boʻldi ham:
«U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, inshoalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi».
Ey otajon! Senga meni soʻyish amr qilingan boʻlsa, meni soʻy; bolajonimni soʻysam, u nima qilar ekan, deb oʻylab oʻtirma; men Alloh xohlasa, sabr etaman, sabr qiluvchi bandalardan boʻlishga harakat qilaman, dedilar.
Naqadar jasorat! Naqadar odob! Naqadar Allohning amriga itoat!