QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят105

قَدْ صَدَّقْتَ ٱلرُّءْيَآ ۚ إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, Biz go`zal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz».Батаҳқиқ, сен тушни тасдиқ қилдинг! Албатта, Биз гўзал иш қилгувчиларни мана шундай мукофотлаймиз».Alauddin Mansour: Darhaqiqat, sen (koʻrgan) tushingni rost-bajo qilding». Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.Дарҳақиқат, сен (кўрган) тушингни рост-бажо қилдинг». Албатта Биз чиройли амал қилгувчиларни мана шундай мукофотлармиз.

450-sahifa · 23-juz · 45-hizb450-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَدْbatahqiqбатаҳқиқصَدَّقْتَsen tasdiq qildingсен тасдиқ қилдингٱلرُّءْيَآ ۚtushniтушниإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизكَذَٰلِكَmana shundayмана шундайنَجْزِىmukofotlaymizмукофотлаймизٱلْمُحْسِنِينَgoʻzal ish qilguvchilarniгўзал иш қилгувчиларни
TafsirТафсир

Ota-bola quruq gap bilangina kifoyalanmadilar, fidokorliklarini ogʻizdagina bajarmadilar. Amalga oʻtdilar.

Ota-bola:

«Ikkovlari taslim boʻlib...»

Allohning amriga boʻyinsunib, itoat qilib, amrni ado etishga tayyor ekanliklarini tilda aytganlaridan soʻng, uni amalga oshirishga oʻtdilar va ota:

«uni peshonasicha yotqizganida...»

Soʻyish vaqtida koʻz koʻzga tushmasin deb bolajonini yerga qaratib yotqizib, uni soʻyishga shaylanib, boʻyniga pichoq tortayotgan bir paytda:

«Biz unga nido qildik: Ey Ibrohim! Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding!»

Sen tushingda koʻrgan amrni tasdiqlab amalga oshirding. Allohning amriga taslim boʻlib, bolangni soʻyishga jazm qilding. Amrdan koʻzlangan maqsad hosil boʻldi. U ham boʻlsa, bandalarning tamomiyla Allohga taslim boʻlishlari edi. Har bir ishda Allohning amriga itoat etishlari, faqat Uning roziligini koʻzlab ish qilishlari edi. Ana oʻsha maqsad amalga oshdi. Allohga bandalarning joni kerak emas. Allohga bandalarning qoni ham kerak emas.

«Albatta, biz goʻzal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz», deb unga nidosini davom ettirdi Alloh.

Ha, Alloh taolo Paygʻambari Ibrohim alayhissalomga nido qilib, dediki: Ey Ibrohim, biz doimo goʻzal ish qilgan bandalarimizni senga oʻxshatib mukofotlaymiz. Ularni turli sinovlar uchun tanlab olishimiz ham mukofotdir. Chunki, shu sinovlar orqali ular ajrsavoblarga, oliy martabalarga erishadilar, bundan ortiq mukofot bormi? Seni ham oʻgʻlingni qurbonlik uchun soʻyish orqali sinovga duchor qildik. Yuzaki qaraganda, bu sinov balo-ofat va musiybat boʻlib koʻrinadi. Ammo, aslida esa, mukofotdir. Oliy maqomlarga erishish omilidir. Shu sinov boʻlmaganida, sen qiyomatgacha fidokorlik timsoli boʻlib qolmas eding. Hammaga oʻrnak boʻlmas eding. Ilohiy kitoblarda zikr qilinmas eding. Noming ibodatlarda tilovat etilmas edi.