وَفَدَيْنَـٰهُ بِذِبْحٍ عَظِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz uning o`rniga katta qurbonlik fido qildik.Биз унинг ўрнига катта қурбонлик фидо қилдик.Alauddin Mansour: Biz (Ismoilning) oʻrniga (Ibrohimga) katta bir (koʻchqor) soʻyishni — qurbonliqni evaz qilib berdik (yaʼni, katta bir qoʻchqorni jannatdan tushirdik).Биз (Исмоилнинг) ўрнига (Иброҳимга) катта бир (кўчқор) сўйишни — қурбонлиқни эваз қилиб бердик (яъни, катта бир қўчқорни жаннатдан туширдик).
Yaʼni, biz Ismoilning oʻrniga jannatdan chiqarilgan katta bir qurbonlikni fido qildik.
Ibrohim alayhissalom qurbonlik uchun farzandlarini soʻyishga ham tayyor ekanlarini bildirdilar. Uni yotqizib, boʻyniga pichoq tiradilar. Ammo Allohning maqsadi Ismoilning qonini oqizish boʻlmagani uchun pichoq oʻtmadi. Shunda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga yuqoridagi nidoni qildi va Ismoil alayhissalomning oʻrniga soʻyish uchun jannatdan katta bir qoʻchqorni ato etdi. Ibrohim alayhissalom oʻsha qoʻchqorni qurbonlikka soʻydilar. Bu ishlar Minoda–hozir musulmon hojilar qurbonlik soʻyadigan joyda boʻlib oʻtdi. Insoniyat tarixidagi oʻsha buyuk fidokorlik hodisasi har yili takrorlanadigan ibodatga aylandi. Har yili musulmonlar dunyoning turli tomonlaridan kelib, bu qissani yodga oladilar. Bu ulugʻ fidokorlik qissasini oʻzlari qaytadan yashaydilar. Ibrohim alay- hissalom va Ismoil alayhissalomdek Allohning yoʻlida har qanday qurbon berishga tayyor ekanliklarini tillari, dillari va amallari bilan izhor etadilar. Bu fidokorlik alomati sifatida qurbonliklar soʻyadilar. Bu harakatlari bilan iymon bayrogʻini yanada yuqori koʻtaradilar. Allohga boʻlgan itoatlarining eng goʻzal tomonlarini namoyon qiladilar. Allohga taslim boʻlishni tajribalaridan oʻtkazadilar.
Shu bilan birga, Alloh taolo yana aytadiki: