QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят138

وَبِٱلَّيْلِ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!Албатта, сиз кечаю кундуз уларнинг устидан ўтиб турурсиз. Ақл юритмайсизларми?!Alauddin Mansour: Axir aql yurgizmaysizlarmi (yaʼni, Lutning qavmi boshiga tushgan halokat sizlarning ham boshingizga tushib qolishidan qoʻrqmaysizlarmi)?!Ахир ақл юргизмайсизларми (яъни, Лутнинг қавми бошига тушган ҳалокат сизларнинг ҳам бошингизга тушиб қолишидан қўрқмайсизларми)?!

451-sahifa · 23-juz · 45-hizb451-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَبِٱلَّيْلِ ۗva kechda hamва кечда ҳамأَفَلَاaxir emasmiахир эмасмиتَعْقِلُونَaql yuritmaysizlarmiақл юритмайсизларми
TafsirТафсир

Ushbu oyatlardagi xitob Makka mushriklariga qaratilgan. Ular safar vaqtida karvonlari bilan Lut qavmi diyorlaridan oʻtishar, ularning halokatiga dalolat qiluvchi narsalarni doim koʻrishar edi.

Oʻsha yerdan oʻta turib, osiy qavmning oqibatlarini bila turib ibrat olmaganlaridan ajablanish ila ularga savol berilmoqda. Oddiygina narsaga aqllarini ishlatmaganlariga har qancha ajablansa arziydi. Bu xitob barcha zamon va barcha makonlarga, barcha kofir va mushriklarga doimiy qaratilgandir. Ular ibrat olib, aql ishlatib, fursat borida oʻzlarini oʻnglab olishlari lozim.

Endi Yunus alayhissalomning qissalari boshlanadi: