QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят137

وَإِنَّكُمْ لَتَمُرُّونَ عَلَيْهِم مُّصْبِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!Албатта, сиз кечаю кундуз уларнинг устидан ўтиб турурсиз. Ақл юритмайсизларми?!Alauddin Mansour: (Ey Makka ahli,) aniqki, sizlar erta-yu kech ularning ustidan oʻtib turursizlar.(Эй Макка аҳли,) аниқки, сизлар эрта-ю кеч уларнинг устидан ўтиб турурсизлар.

451-sahifa · 23-juz · 45-hizb451-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّكُمْva albatta, sizlarва албатта, сизларلَتَمُرُّونَalbatta oʻtib turursizlarалбатта ўтиб турурсизларعَلَيْهِمularning ustidanуларнинг устиданمُّصْبِحِينَertalabэрталаб
TafsirТафсир

Ushbu oyatlardagi xitob Makka mushriklariga qaratilgan. Ular safar vaqtida karvonlari bilan Lut qavmi diyorlaridan oʻtishar, ularning halokatiga dalolat qiluvchi narsalarni doim koʻrishar edi.

Oʻsha yerdan oʻta turib, osiy qavmning oqibatlarini bila turib ibrat olmaganlaridan ajablanish ila ularga savol berilmoqda. Oddiygina narsaga aqllarini ishlatmaganlariga har qancha ajablansa arziydi. Bu xitob barcha zamon va barcha makonlarga, barcha kofir va mushriklarga doimiy qaratilgandir. Ular ibrat olib, aql ishlatib, fursat borida oʻzlarini oʻnglab olishlari lozim.

Endi Yunus alayhissalomning qissalari boshlanadi: