لَلَبِثَ فِى بَطْنِهِۦٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi.Унинг қорнида қайта тирилтирадиган кунгача қолиб кетар эди.Alauddin Mansour: Albatta u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (yaʼni, Qiyomatgacha) qolib ketgan (yaʼni, halok boʻlgan) boʻlur edi.Албатта у (балиқ) қорнида то қайта тириладиган кунларигача (яъни, Қиёматгача) қолиб кетган (яъни, ҳалок бўлган) бўлур эди.
Yaʼni, agar Yunus alayhissalom baliq qornida turib Allohga koʻp tasbih aytmaganida, oʻsha baliqning ichida qiyomatgacha qolib ketar edilar.
Yunus alayhissalom baliq qorniga tushishlari bilan tinmay: «Laa ilaaha illa Anta, subhanaka, inni kuntu minaz-zolimiyn»– «Sendan oʻzga hech qanday iloh yoʻq. Sen poksan. Albatta, men zolimlardan boʻldim», deb turdilar. Boshiga ogʻir kulfat tushgan odamlarga ulamolar ushbu tasbihni koʻproq aytishni maslahat qiladilar.
Alloh taolo Yunus alayhissalomning baliq ichida turib qilgan iltijolarini qabul ayladi.