فَلَوْلَآ أَنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلْمُسَبِّحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar u ko`p tasbih aytguvchilardan bo`lmaganida edi,Агар у кўп тасбиҳ айтгувчилардан бўлмаганида эди,Alauddin Mansour: Endi agar u (Allohga doimo) tasbeh aytguvchilardan boʻlmasa edi,Энди агар у (Аллоҳга доимо) тасбеҳ айтгувчилардан бўлмаса эди,
Yaʼni, agar Yunus alayhissalom baliq qornida turib Allohga koʻp tasbih aytmaganida, oʻsha baliqning ichida qiyomatgacha qolib ketar edilar.
Yunus alayhissalom baliq qorniga tushishlari bilan tinmay: «Laa ilaaha illa Anta, subhanaka, inni kuntu minaz-zolimiyn»– «Sendan oʻzga hech qanday iloh yoʻq. Sen poksan. Albatta, men zolimlardan boʻldim», deb turdilar. Boshiga ogʻir kulfat tushgan odamlarga ulamolar ushbu tasbihni koʻproq aytishni maslahat qiladilar.
Alloh taolo Yunus alayhissalomning baliq ichida turib qilgan iltijolarini qabul ayladi.