وَأَنۢبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةً مِّن يَقْطِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va uning ustiga qovoq daraxtini o`stirib qo`ydik.Ва унинг устига қовоқ дарахтини ўстириб қўйдик.Alauddin Mansour: Va uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini oʻstirib qoʻydik.Ва унинг устида (соя ташлаб туриши учун) қовоқ дарахтини ўстириб қўйдик.
Baliqning qornidan badanlari oq yem boʻlib tashqariga otilgan Yunus alayhissalom ochiq joyda, xasta holida yotsalar, kasalliklari yana ham ziyodalashishi mumkin edi. Alloh taolo Oʻz inoyatiga olib, ochiq maydonda behush yotgan Yunus alayhissalomning ustlariga yaproqlari katta boʻlib soya qilib turadigan qovoqni oʻstirib qoʻydi. Qovoq oʻsgan joyga pashsha-chivin ham kelmas ekan. Bu ham Allohning tadbiri va lutfidir. Yunus alayhissalom dam olib, ofiyat topib, oʻzlariga keldilar.