وَجَعَلُوا۟ بَيْنَهُۥ وَبَيْنَ ٱلْجِنَّةِ نَسَبًا ۚ وَلَقَدْ عَلِمَتِ ٱلْجِنَّةُ إِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular U bilan jinlar orasida nasab (da'vosi) qildilar. Holbuki, jinlar o`zlarining albatta (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar.Ва улар У билан жинлар орасида насаб (даъвоси) қилдилар. Ҳолбуки, жинлар ўзларининг албатта (азобга) ҳозир қилингувчиликларини билганлар.Alauddin Mansour: (Mushriklar, Alloh) bilan jinlar (yaʼni, farishtalar) oʻrtasida nasab (yaʼni, ota-bolalik bor, deb gumon) qildilar. Holbuki, jinlar-farishtalar esa, (mushriklarning Alloh azobiga) hozir qilinguvchi ekanliklarini aniq bildilar.(Мушриклар, Аллоҳ) билан жинлар (яъни, фаришталар) ўртасида насаб (яъни, ота-болалик бор, деб гумон) қилдилар. Ҳолбуки, жинлар-фаришталар эса, (мушрикларнинг Аллоҳ азобига) ҳозир қилингувчи эканликларини аниқ билдилар.
Mushriklar, Alloh bilan jinlar orasida nasab aloqasi bor, deb gumon qilar edilar. Ularning fikricha, Alloh jinlarga uylanganidan keyin farishtalar tugʻilgan emish. Ushbu oyatda oʻsha daʼvoning botilligi aytilmoqda. Qanday qilib Alloh bilan jinlar oʻrtasida nasab boʻlsin?!
«Holbuki, jinlar oʻzlarining albatta (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar.»
Ular qiyomatda javob beradilar. Alloh bilan nasab aloqalari boʻlsa, shunday boʻlarmidi? Albatta, yoʻq. Bu gaplar mushriklarning oʻzlaricha Allohga berayotgan vasflari, xolos.