QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят5

رَّبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَرَبُّ ٱلْمَشَـٰرِقِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir. Va mashriqlarning Robbidir.У зот осмонлару ернинг ва иккиси орасидаги нарсаларнинг Роббидир. Ва машриқларнинг Роббидир.Alauddin Mansour: (U zot) osmonlar, Yer va ularning oʻrtasidagi bor narsalarning Parvardigoridir. (U zot) bor kunchiqar joylarning (va bor kunbotar joylarning) Parvardigoridir.(У зот) осмонлар, Ер ва уларнинг ўртасидаги бор нарсаларнинг Парвардигоридир. (У зот) бор кунчиқар жойларнинг (ва бор кунботар жойларнинг) Парвардигоридир.

446-sahifa · 23-juz · 45-hizb446-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَّبُّRobbidirРоббидирٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَمَاva narsalarningва нарсаларнингبَيْنَهُمَاikkisi orasidagiиккиси орасидагиوَرَبُّva Robbidirва Роббидирٱلْمَشَـٰرِقِmashriqlarningмашриқларнинг
TafsirТафсир

Sizning oʻsha yagona ilohingiz boʻlgan zot:

«...osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir».

Yaratuvchisi va tadbirini qiluvchisidir. Osmonlarga qarang! Qanchalik bepoyon! Qanchalik yuksak! Qanchalik mustahkam! Qanchalik muhtasham! Qanchalik benuqson! Ana shularning hammasini Alloh yaratgan, Alloh tadbirini qilib turadi. Ularning Robbi Allohdir.

Yerga nazar soling! Uning ajoyibotlariga boqing! Uni ham Alloh yaratgan, Alloh tadbirini qilib turadi. Uning ham Robbi Allohdir.

Osmonlaru yerning orasidagi sonsiz-sanoqsiz narsalarga qarang! Hammasini Alloh yaratgan. Hammasining tadbirini Alloh qilib turadi. Hammasining Robbi Allohdir. Shuningdek, Alloh:

«Va mashriqlarning Robbidir».

Quyosh har kuni chiqadigan joylarni–mashriqlarni yaratgan zot ham Allohdir. Ularning tadbirini qilib turuvchi zot ham Allohdir. Ularning Robbi ham Allohdir.

Alloh mashriqlarning Robbi boʻlganidan keyin magʻriblarning ham Robbi boʻlishi turgan gapdir.