QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят87

فَمَا ظَنُّكُم بِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!» – degan edi.Оламларнинг Робби ҳақида нима гумонингиз бор?!» – деган эди.Alauddin Mansour: U holda barcha olamlarning Parvardigori haqida (yaʼni, U zot sizlarning mushrikligingiz uchun beradigan jazosi haqida) ne gumoningiz bor?!»У ҳолда барча оламларнинг Парвардигори ҳақида (яъни, У зот сизларнинг мушриклигингиз учун берадиган жазоси ҳақида) не гумонингиз бор?!»

449-sahifa · 23-juz · 45-hizb449-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَاbas, nimaбас, нимаظَنُّكُمgumoningiz borгумонингиз борبِرَبِّRobbi haqidaРобби ҳақидаٱلْعَـٰلَمِينَolamlarningоламларнинг
TafsirТафсир

Ibrohim alayhissalom Alloh tomonidan Paygʻambar boʻlib kelganidan keyin otasining va qavmining turli but va sanamlarga sigʻinayotganlarini koʻrib hayratga tushdi. Taajjubda qoldi.

«Oʻshanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!»–dedi.

Siz oʻzi nimaga ibodat qilmoqdasiz?! Oʻylab koʻrdingizmi?! Siz oʻz qoʻlingiz bilan yasab olgan haykallar va turli butlarga sigʻinmoqdasiz.

«Allohdan oʻzga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!»

Siz yagona ibodatga sazovor zot Alloh taoloni qoʻyib, oʻzingiz uydirib-toʻqib olgan soxta xudolarga ibodat qilishni xohlaysizmi? Sizga nima boʻldi oʻzi?!

«Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!»

Alloh taolo haqida qanday tasavvuringiz bor? Uni qoʻyib, oʻzingiz uydirgan soxta xudolaringizga topinganingiz uchun sizlarni Alloh jazolamaydi deb oʻylaysizmi?!

Bu gaplar qavmlariga taʼsir qilmaganini koʻrgan Ibrohim alayhissalom boshqacha yoʻl tutdilar.