QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят86

أَئِفْكًا ءَالِهَةً دُونَ ٱللَّهِ تُرِيدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!Аллоҳдан ўзга уйдирма илоҳларни хоҳлайсизларми?!Alauddin Mansour: Allohni qoʻyib, soxta «xudolar»ga (sigʻinishni) istaysizlarmi?!Аллоҳни қўйиб, сохта «худолар»га (сиғинишни) истайсизларми?!

449-sahifa · 23-juz · 45-hizb449-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَئِفْكًاuydirmamiуйдирмамиءَالِهَةًۭilohlarniилоҳларниدُونَoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohdanАллоҳданتُرِيدُونَxohlaysizlarmiхоҳлайсизларми
TafsirТафсир

Ibrohim alayhissalom Alloh tomonidan Paygʻambar boʻlib kelganidan keyin otasining va qavmining turli but va sanamlarga sigʻinayotganlarini koʻrib hayratga tushdi. Taajjubda qoldi.

«Oʻshanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!»–dedi.

Siz oʻzi nimaga ibodat qilmoqdasiz?! Oʻylab koʻrdingizmi?! Siz oʻz qoʻlingiz bilan yasab olgan haykallar va turli butlarga sigʻinmoqdasiz.

«Allohdan oʻzga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!»

Siz yagona ibodatga sazovor zot Alloh taoloni qoʻyib, oʻzingiz uydirib-toʻqib olgan soxta xudolarga ibodat qilishni xohlaysizmi? Sizga nima boʻldi oʻzi?!

«Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!»

Alloh taolo haqida qanday tasavvuringiz bor? Uni qoʻyib, oʻzingiz uydirgan soxta xudolaringizga topinganingiz uchun sizlarni Alloh jazolamaydi deb oʻylaysizmi?!

Bu gaplar qavmlariga taʼsir qilmaganini koʻrgan Ibrohim alayhissalom boshqacha yoʻl tutdilar.