إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَاذَا تَعْبُدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!Ўшанда отасига ва қавмига: «Нимага ибодат қилмоқдасиз?!Alauddin Mansour: Oʻshanda u otasi va qavmiga degan edi: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?!Ўшанда у отаси ва қавмига деган эди: «Нимага ибодат қилмоқдасизлар?!
Ibrohim alayhissalom Alloh tomonidan Paygʻambar boʻlib kelganidan keyin otasining va qavmining turli but va sanamlarga sigʻinayotganlarini koʻrib hayratga tushdi. Taajjubda qoldi.
«Oʻshanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!»–dedi.
Siz oʻzi nimaga ibodat qilmoqdasiz?! Oʻylab koʻrdingizmi?! Siz oʻz qoʻlingiz bilan yasab olgan haykallar va turli butlarga sigʻinmoqdasiz.
«Allohdan oʻzga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!»
Siz yagona ibodatga sazovor zot Alloh taoloni qoʻyib, oʻzingiz uydirib-toʻqib olgan soxta xudolarga ibodat qilishni xohlaysizmi? Sizga nima boʻldi oʻzi?!
«Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!»
Alloh taolo haqida qanday tasavvuringiz bor? Uni qoʻyib, oʻzingiz uydirgan soxta xudolaringizga topinganingiz uchun sizlarni Alloh jazolamaydi deb oʻylaysizmi?!
Bu gaplar qavmlariga taʼsir qilmaganini koʻrgan Ibrohim alayhissalom boshqacha yoʻl tutdilar.