أَمْ لَهُم مُّلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ فَلْيَرْتَقُوا۟ فِى ٱلْأَسْبَـٰبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki ularnikimi? Bas, unda sabablari ila (osmonga) ko`tarilsinlar!Ёки осмонлару ернинг ва улар орасидаги нарсаларнинг мулки уларникими? Бас, унда сабаблари ила (осмонга) кўтарилсинлар!Alauddin Mansour: Yoki osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarning podshohligi ularnikimikin-a?! U holda (ularni osmonlarga eltadigan) narvonlariga chiqaversinlar (va oʻsha joydan oʻzlari istagan odamlariga vahiy nozil qilaversinlar).Ёки осмонлар ва Ернинг ҳамда уларнинг ўртасидаги бор нарсаларнинг подшоҳлиги уларникимикин-а?! У ҳолда (уларни осмонларга элтадиган) нарвонларига чиқаверсинлар (ва ўша жойдан ўзлари истаган одамларига ваҳий нозил қилаверсинлар).
Nima uchun mushriklar Paygʻambarlik haqida oʻzlaricha hukm chiqaradilar?!
«Yoki osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki ularnikimi?»
Ular oʻsha narsalarning egasimi? Shuning uchun Paygʻambarlik haqida hukm chiqarmoqdalarmi? Agar haqiqatan osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki mushriklarniki boʻlsa,
«Bas, unda sabablari ila (osmonga) koʻtarilsinlar!»
U holda bor sabab-vositalarni ishga solib, osmonga koʻtarilsinlar. U yerga oʻrnashib olib, hukmlarini yurgizsinlar. Xohlagan odamlariga Paygʻambarlikni bersinlar.
Yoʻq, bunday qila olmaydilar? Unda mushriklar nega buncha katta ketadilar? Ular kim boʻlibdi, oʻzi?