أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَحْمَةِ رَبِّكَ ٱلْعَزِيزِ ٱلْوَهَّابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ularning huzurida Aziyzu o`ta saxovatli Robbingning rahmat xazinasi bormi?Ёки уларнинг ҳузурида Азийзу ўта саховатли Роббингнинг раҳмат хазинаси борми?Alauddin Mansour: Yoki qudratli va saxovatli Parvardigoringizning rahmat xazinalari ularning oldilaridamikin-a?!Ёки қудратли ва саховатли Парвардигорингизнинг раҳмат хазиналари уларнинг олдиларидамикин-а?!
Nima uchun mushriklar Paygʻambarlik haqida oʻzlaricha hukm chiqaradilar? Yoki ularning huzurida aziyz va oʻta saxovatli (xohlagan bandasiga xohlagan narsasini beradigan, jumladan, xohlagan bandasiga Paygʻambarlikni beradigan)
«Robbingning rahmat xaziynasi bormi?»
Ular oʻsha xaziynadan oʻz xohishlari boʻyicha neʼmatlarni olib, boshqalarga tarqatadilarmi? Ular oʻsha rahmat xaziynasidan Paygʻambarlikni ham oʻzlari xohlagan odamga olib bermoqchimilar?